Koronavirusdan tuzalgan inson virus taşuvçi bölib qoladimi?
Savolga Toşkent vraçlar malakasini oşiriş instituti UAŞ malakasini oşiriş kafedrasi professori, SSV Boş umumiy amaliyot şifokori Maşkura Zohidova javob berdi:
Koronavirus kasalligi tuzaladigan dard. Bu infektsiya bilan zararlaniş bu butun hayoti davomida virus taşuvçisi bölib qoladi degani emas. COVID-19 yuqtirib olgan insonlarning köpçiligi tuzalib ketadi, virus esa organizmdan çiqib ketadi.
Inson simptomlar paydo bölgandan 10 kun davomida infektsiya taşuvçisi böladi (agar belgilar bölsa), bu infektsiya yuqqandan taxminan 2 haftani taşkil etadi.
Turli davlatlarda şifokorlar kim tarqatuvçi sifatida xavf tuğdirmasligini aniqlaş uçun protokollar qabul qilişgan va ular quyidagiça: birinçi simptomlar paydo bölgan kundan eng kamida 10 kun ötişi kerak va tuzalgandan keyin yana 3 kun. Agar kasallik alomatsiz ötgan bölsa 24 soat tanaffus bilan ketma-ket topşirilgan va manfiy natijali PZR testi inson taşuvçi emasligini bildiradi.









