Bugun, 27 iyun kuni kriminal avtoritet Qamçibek Kölboyev (Qamçibek Asanbek) jinoiy guruhini moliyalaş bilan şuğullangan “Baron” narkokartel rahbari va uning 3 nafar aʼzosi Qirğizistontonda qölga olindi. Bu haqda mamlakatning Milliy xavfsizlik davlat qömitasiga tayanib “24.kg” xabar berdi.
Qayd etilişiça, guruh yetakçisi hamda uning qarindoşlari Çuy viloyatidan Qozoğiston va Rossiyaga juda katta miqdorda giyohvand moddalarni olib ötiş bilan şuğullangan. Tuşgan daromadlar bilan Qamçi Kölboyevning uyuşgan jinoiy guruhini moliyalaştirib borgan.
Şuningdek, guruh aʼzolari giyohvand moddalar biznesidan tuşgan mablağlarni möyna mahsulotlarini sotiş hamda Germaniya va AQŞdan avtomobillarni olib kiriş sxemalari orqali yuvgan.
Maʼlum bölişiça, qölga olinganlarning barçasi Milliy xavfsizlik davlat qömitasining vaqtinçalik saqlaş hibsxonasida saqlanmoqda.

Maʼlumot uçun, Qamçibek Asanbek Qirğiziston va MDHdagi eng nufuzli “vorzakon”lardan biri bölgan. Taxallusi – “Kolya Qirğiz”. U narkotik biznesi, qurol-yaroğ savdosi, tovlamaçilik, qora köçmas mulk, talonçilik, avtomaşina öğirlaş, banditizm, pul yuviş, davlat mulkini öğirlaş va buyurtma asosida qotillik qiliş bilan şuğullangan. U Qirğizistondagi millionerlardan biri edi.









