Toşkentda aka “quloqsiz” ukasini onlayn sotuvga qöydi

Toşkentda aka “quloqsiz” ukasini onlayn sotuvga qöydi

Keça, 26 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda OLX onlayn savdo platformasiga 3 yoşli bola sotuvga qöyilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, içki işlar organlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv çoralari natijasida onlayn-savdo platformasiga mazkur eʼlon qay manzil va qaysi akkauntdan joylaştirilgani tez fursatda aniqlangan.

Maʼlum bölişiça, Toşkent şahri Uçtepa tumanida ota-onasi qaramoğida yaşovçi voyaga yetmagan I.A. (2012 yilda tuğilgan öğil bola) şunçaki bolalarça öylovsiz tarzda, kiçik yoşli ukasi A.M. (2022 yilda tuğilgan öğil bola)ni şöxligi uçun göyoki taʼzirini beriş maqsadida onlayn platformaga sotuv haqida (özi oçgan akkauntdan) eʼlon joylaştirib, uning narxini 150 ming söm qilib körsatgan.

Bildirilişiça, hozirda holat yuzasidan Uçtepa tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan mazkur holat böyiça öz kuzatuvini davom ettirmoqda”, deyiladi xabarda.


Teglar:
×