Malayziyada sud Telegram messenjerining vaqtinça faoliyatini töxtatiş böyiça qaror çiqardi. Bunga ikki Telegram kanaliga oid daʼvo sabab bölgan. Bu haqda “Bernama” naşri xabar berdi.
Naşrga köra, Malayziya Aloqa va multimedia komissiyasi (MCMC) fuqarolik daʼvosi bilan çiqqan. Regulyator idorasiga köra, uşbu kanallarda davlat institutlariga bölgan işonçni susaytirişi va jamoat tartibini xavf ostiga qöyişi mumkin bölgan kontent tarqatilgan.
Sud uşbu kanallarni “Aloqa va multimedia töğrisidagi qonun”ni buzgan deb topgan. Şundan söng Malayziya Oliy sudi Telegram’da zararli kontent tarqalişini töxtatiş va şunga öxşaş materiallarning takroran çop etilişining oldini oliş maqsadida vaqtinça taqiq qöllagan.
“Bernama”ning yozişiça, bu messenjer platformasi provayderiga nisbatan birinçi şunday çora. Qaror Telegram’ning bu kabi kontentlarga oid muammolarni hal etişga keskin rad javoblari bergani ortidan qabul qilingan. Şunga qaramay, Telegram’ga öz pozitsiyasini himoya qiliş imkoniyati beriladi.









