Prezident 2 amaldorga “hayfsan”, 3 tasiga ogohlantiriş berdi

Prezident 2 amaldorga “hayfsan”, 3 tasiga ogohlantiriş berdi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ikki amaldorga “hayfsan”, uç nafariga esa ogohlantiriş berdi. Bu haqda Prezidentning Matbuot kotibi Şerzod Asadov maʼlum qilmoqda. 

Ayni vaqtda Şavkat Mirziyoyev raisligida sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş va işlab çiqarişni mahalliylaştiriş çora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötmoqda. 

Yiğiliş avvalida davlat rahbari 37 trillion sömlik yangi mahsulot işlab çiqariş böyiça 2022-2023 yillar uçun 2,5 mingta loyihani işga tuşiriş böyiça qabul qilingan dasturning aniq ijrosini söraş vaqti kelganini aytgan.

Uşbu dastur ijrosi böyiça Farmatsevtika agentligi rejani 51 %ga, “Özbekiston temir yöllari” esa 10 %ga bajarmagani,sanoat kooperatsiyasi böyiça işlar boşlanmagani, “Issiqlik elektr stantsiyalari” esa rejani atigi 26 %ga bajargani körsatildi.

Şuning uçun Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi direktori Sardor Kariyevga “hayfsan” eʼlon qilindi. Uning ikkala örinbosarini işdan olişga körsatma berildi. 

Boş vazirga mazkur Agentlik faoliyatini tubdan özgartiriş böyiça aniq çoralar köriş topşirildi.

“Özbekiston temir yöllari” raisi vazifasini bajaruvçi Xusniddin Xosilovga “hayfsan”, "Issiqlik elektr stantsiyalari" raisi Farhod Abdurahmonov, "Özmetkombinat" direktori Raşid Pirmatov, "Özbekneftgaz" raisining birinçi örinbosari Şahzod Alirizayevga qatʼiy ogohlantiriş berildi.

Şuningdek, yanvar-fevral oylarida “Elektron kooperatsiya” portali orqali 860 mlrd sömlik 5 mingta şartnoma tuzilgan bölsada, ijrosi ayrim hududlarda bajarilmagani, elektron savdolarda Qoraqalpoğiston, Namangan, Surxondaryo va Xorazmdagi korxonalar uluşi 1 %ni ham taşkil qilmasligi tanqid qilindi.

×