Töxtaxöjayev özining BYD’sini Abduholiqovga sovğa qildi

Töxtaxöjayev özining BYD’sini Abduholiqovga sovğa qildi

Keça, 10 iyun kuni Özbekiston milliy terma jamoasi Jahon çempionatiga saralaşning sönggi öyinida Qatar milliy terma jamoasini 3:0 hisobida mağlub etdi. Öyindan söng futbolçi, murabbiy va xodimlarga Jahon çempionati yöllanmasi qölga kiritilgani munosabati bilan mukofotlar topşirildi.

Saralaşning sönggi bosqiçida 4 ta öyinda qatnaşgan ammo oxirgi öyinlarda qaydnomalarda bölmagan Bobur Abduholiqov taqdirlanganlar röyxatidan tuşib qolgan edi. Biroq saralaşning oxirigi ikki öyinida qaydnomadan joy olib, Prezidentdan BYD qabul qilgan Islom Töxtaxöjayev öz avtomobilini Bobur Abduholiqovga sovğa qildi.

Şuningdek, sönggi öyinlarda soğliği bilan boğliq muammolar tufayli milliy terma jamoa boş murabbiyligidan ketgan Sreçko Katanets ham “Döstlik” ordeni va BYD avtomobili bilan mukofotlandi. U esa öz avtomobilini terma jamoa tarjimoni Davron Ahmedovga sovğa qildi.

Maʼlumot uçun, Özbekiston MTJ qatnaşadigan Jahon çempionati 2026 yil 11 iyundan 19 iyulgaça AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötadi. 48 ta jamoa 12 ta guruhga bölinib bahs olib boradi. Guruhlarda birinçi va ikkinçi örinni egallaga jamoalar hamda natijalari eng yaxşi 8 ta uçinçi örin egalari keyingi bosqiçga yöl oladi.


×