Bunday maktablar Qaşqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida eng köp qayd etilgan.
Maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri tomonidan Özbekistonda «taʼlim darajasi yuqori bölmagan» maktablar röyxati tasdiqlandi. Unga 460 ta maktab kiritildi. Bunday maktablarning eng köpi — 99 tasi Qaşqadaryo viloyatida joylaşgan.
Taʼlim darajasi yuqori bölmagan maktablar soni quyidagiça:
- Qaşqadaryo viloyati – 99 ta;
- Samarqand viloyatida — 86 ta;
- Surxondaryo viloyatida — 70 ta;
- Jizzax viloyatida — 36 ta;
- Namangan viloyatida — 34 ta;
- Sirdaryo viloyatida — 32 ta;
- Farğona viloyatida — 29 ta;
- Qoraqalpoğistonda — 24 ta;
- Andijon viloyatida — 23 ta;
- Navoiy viloyatida — 16 ta;
- Xorazm viloyatida — 9 ta;
- Buxoro viloyatida — 5 ta.
«Xalq taʼlimi info» portali maʼlumotlarida keltirilişiça, 2023 yilda şunday maktablar röyxatda 642 ta, 2024 yilda 545 ta edi. Bu yil taʼlim sifati past bölgan maktablar soni 75 taga qisqargan.
Taʼlim sifati past bölgan maktablarga boşqa hududlardan jalb etilgan öqituvçilarga ustama tölanadi.
Taʼlim darajasi yuqori bölmagan maktablar — Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspektsiyasi bilan birgalikda şakllantiriladigan röyxatga kiritilgan umumtaʼlim maktablaridir. Taʼlim darajasi yuqori bölmagan maktablar röyxatini şakllantiriş mezonlari Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi va inspektsiya tomonidan işlab çiqiladi hamda tasdiqlanadi. Bunda maktab bitiruvçilarining oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş natijalari, maktabning reytingi, «Zamonaviy maktab»ga qöyilgan talablar asosida baholaş natijalari inobatga olinadi.









