Toşkentda haydovçi tez yordamga yöl bermadi. Faollar unga qöllangan jazodan norozi

Toşkentda haydovçi tez yordamga yöl bermadi. Faollar unga qöllangan jazodan norozi

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 31 may kuni Lixian L9 avtomaşinasi tez yordam maşinasiga yöl bermagani aks etgan video tarqaldi. Uşbu videoda Lixian L9 maşinasi haydovçisi tez yordamning bir neça bor ogohlantiriş berganiga qaramay, unga yöl bermaganini köriş mumkin. Holat yuzasidan Içki işlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti örganiş olib borib, munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinişiça, uşbu holat joriy yilning 29 may kuni sodir bölgan. Unda haydovçi eʼtiborsizligi oqibatida ortidan kelayotgan tez yordam maşinasini payqamagan va unga yöl bermagan. Mazkur holat böyiça YPX xodimlari tomonidan haydovçiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik kodeksning 128-moddasi (haydovçilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yölkalaridan, yaşil maydonlardan yurgizişi, yöl belgilari va yöl harakatining boşqa qoidalari talablariga rioya etmasligi) 5-bandi bilan bayonnoma rasmiylaştirilgan. Bu qoidabuzarlik uçun qonunçilikda 1 mln 875 ming söm jarima belgilangan. Uşbu bildirişdan söng, ijtimoiy tarmoq faollari belgilangan jazoni juda kiçik, deb baholab, norozilik bildira boşlagan.

Masalan, huquqşunos va bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev holatni “öta kulguli” deya yozgan.

“Jarima miqdori – 1 mln 875 ming söm. Agar 15 kun içida tölasa, 50 foiz çegirma ham beramiz, natijada 937 ming söm tölaydi, xolos. Bu öta kulgili! Bir yoki bir neça inson hayotiga zomin bölişi mumkin bölgan bunaqa qöpol qoidabuzarlik uçun bunaqa yengil jazo beriş şarmandalik. Şarmandalikning yana bir tomoni şundaki, ruxsatsiz tonirovka qilgan haydovçiga dastlab 9 mln 375 ming söm, agar yana takrorlansa, 15 mln söm jarima belgilaganmiz. Nima uçunligini bilasizmi? Çunki tonirovkadan tuşadigan pulning asosiy qismi Içki işlar vazirligiga tuşadi. Maxsus transport vositalariga yöl bermaganlarga esa takroriylik uçun oğirroq jazo ham yöq. Yaʼni har kuni şu işni qayta-qayta qilaversangiz ham, bir xil 900 ming söm jarima tölab, qutulib ketaverasiz. Arzimagan 900 ming sömni tölab qutulib ketadigan “krutoyvaççalar” heç qaçon xatosidan öziga tegişli xulosa çiqarmaydi”, deya yozgan u özining Telegram-kanalida.

Bundan taşqari, Xudoyberdiyev vakolatli masʼullarga murojaat yöllab, jazo tizimini insonparvarlik nuqtai nazaridan qayta körib çiqiş kerakligini taʼkidlagan.

“Maxsus xizmat maşinalariga, jumladan, tez tibbiy yordam yoki öt öçiruvçilarga yöl bermagan haydovçilarga öta qattiq jazo qöllaşimiz kerak. Bu kamida inson(lar) hayotiga suiqasd deb baholanişi va jinoiy javobgarlik keltirib çiqarişi, haydovçilik huquqidan mahrum qilinişi şart”, deya yozgan Xudoyberdiyev.

Ijtimoiy tarmoqlarda hatto tez yordamga yöl bermaganlarning maşinasini musodara qiliş zarurligini yozganlar ham böldi. Ular ham bu kabi harakatlarni “bir inson hayotini inobatga olmaslik”, deya baholagan.


Teglar:
×