Andrey Kançelskis 1,6 mln dollar kompensatsiya, «Navbahor» va özbek futbolidagi noprofessionallar haqida
«Navbahor» klubi sobiq boş murabbiyi Andrey Kançelskis «Matç TV»ga intervyu berdi. Unda mutaxassis va Namangan şahri jamoasi örtasida yuzaga kelgan muammo haqida söz bordi.
Andrey Kançelskis maoşi vaqtida tölab berilmagani sababli «Navbahor» jamoasidan isteʼfoga çiqqan edi. Bu masala yuzasidan murabbiy FIFAga şikoyat xatini yozgan. FIFA Kançelskis va «Navbahor» örtasidagi nizoni rossiyalik murabbiy foydasiga hal qildi.
Şartnomani bekor qilişiga sabab nimaligi haqida
Birinçi örinda futbol, ikkinçi örinda inson faktori tufayli. Mehnating uçun maoş bermaydigan joyda işlab bölmaydi. Sabr tugaydi. Klubda işlaydigan noprofessional insonlar ham bunga sabab böldi. Ular bilan doim nizoga boriş yaramaydi. Futbolga aloqasi yöq insonlarga nimanidir isbotlaş qiyin. ‘Navbahor’ muxlislari, Namangan ahli bunday rahbariyatga munosib emas. Respublikaning boşqa jamoalarida ham noprofessionallar yetarliça.
Bu noprofessional şaxslar kimligi haqida
Ular klub tizimiga kiradigan odatiy tadbirkorlar. Rossiyada ham bunday insonlar bor. Boşqa sohadan kirib keladi va mutaxassislarga futbolni örgatişga urinadi. Öz vaqtida ‘Volga’ boşqaruv kengaşi raisi Svatkovskiy kelib futbolçilarga 2—3 soat yuguriş kerakligini örgatgandi. Hamma narsaga tuşunadigan inson munosabat bildiriş lozim, har kim öz işi bilan şuğullanişi kerak.
Aynan öşa tadbirkorlar sizni işga olmaganmi?
Yöq, men Namangan viloyati hokimi bilan gaplaşganman. Keyin u boşqa lavozimga ötib ketdi. Men u yerdaligimda rahbariyat 3 marta almaşdi. Almaşinuv doim ham yaxşi bölavermaydi. Ikkinçi murabbiy Aleksey Belenkov bilan birga bunga eʼtibor qilmaslikka va maksimum işlaşga harakat qilardik. Oqibatda Belenkovni nomaʼlum sabablarga köra ayblaşdi va işdan olişdi. U ham FIFAga şikoyat yozgan va natijasini kutyapti.
Aleksey Belenkov oldinroq şikoyat yozgan bölişiga qaramasdan uning arizasi haligaça körib çiqilayotgani haqida
Belenkov işi böyiça FIFA allaqaçon qaror qabul qilgan. Endi CAS’ning (sport arbitraj sudi) qarorini kutyapti.
Klub murosa variantlarini taklif qilgani haqida
Şartnomamda 200 ming dollar ustama, yana töliq maoşim, davolaniş uçun ketadigan xarajatlar yozilgan va men kelişuvga tayyor edim. Endi esa heç qanday murosa haqida gap bölişi mumkin emas. Klub ötgan yili Toşkentdagi xususiy şifoxonada koronavirusdan davolanganimdagi xarajatlarni tölab bermadi, garçi katta pul sarflanmagan bölsa-da. Şartnomada esa davolaniş xarajatlari qoplanişi keltirilgandi. Mana insoniy munosabat. Hozir ular qandaydir variantlar bilan oldimga kelmoqda, lekin endi heç narsaning iloji yöq.
Bu klub uçun qanday oqibatlarni olib kelişi haqida
‘Navbahor’ qanday qaror qabul qilişini bilmayman. Odamlar bunday harakatlarga yöl qöyilmasligini tuşunişini istardim. FIFA va CAS kabi tizimlar faoliyat körsatişini bilişlarini xohlardim. Insonlar nafaqat futbolda, barça sohada özini bunday tutişi kerak emas.

«Navbahor» rahbariyati uni içkilikbozlikda ayblagani haqida
Ular özini oqlaş uçun nimadir deyişi kerak-ku. Aftidan, ular Romaşenkoning sözlariga yopişib olgan. ‘Navbahor’ bazasida yaşaganman. Men bilan birga işlagan birorta futbolçi şunday ekanligini aytsa, ana unda bu savol muhokama qilişga arziydi. Bu tuhmatligi körinib turibdi.
«Navbahor»ga qaytganidan afsuslanmasligi haqida
Qaçonki sen bilan hokimning özi gaplaşsa va barçasini boşidan boşlaşni taklif qilsa, uni rad etiş juda qiyin. Afsuslanmayman. Pandemiyaga qadar natijalarimiz yaxşi edi, biz uçinçi öringa çiqqandik. Keyin esa butun jamoa bilan birga koronavirusga çalindik. Rahbariyat esa qöllab-quvvatlaş örniga bizga negativ soçişni boşladi. Klubning moliyaviy ahvolini hisobga olib, maoşim qisqarişiga ham rozi bölgandim. Lekin ular buni hisobga olmadi.
«Navbahor»dagi işini özi qanday baholaşi haqida
Öz mehnatimni baholaş juda qiyin. Klubda bölgan vaqtim jamoaning uç futbolçisi milliy terma jamoaga çaqirildi, yana biri Olimpiya termasidan çaqiruv oldi. Örunov Rossiya çempionatiga yöl oldi. Alişer Usmonovning ‘Nosta’ jamoasi haqidagi sözlarini eslayman, öşanda Usmonov heç bölmaganda bitta futbolçi Rossiya terma jamoasiga çaqirilsa — bu katta yutuq ekanligini aytgandi. Semyonov terma jamoaga çaqirildi. Menimça, bu ham körsatkiç. Natijalarga keladigan bölsak, «Paxtakor» bilan kuraşiş qiyin. Şunda ham biz ularga doim kuraş taklif qilganmiz. Muxlislardan minnatdorman. Ular doim bizni qöllab-quvvatlagan. Vaziyat bunday tus olganidan afsusdaman.
Özbekiston futbol rahbariyatiga maslahatlari
Professional jamoalar boşqaruvini sinçkovlik bilan nazorat qiliş kerak. Baʼzi jamoa rahbarlari davlat ajratgan mablağlarni samarasiz işlatmoqda. Musobaqa va klublar boşqaruvida noprofessional menejmentni köramiz. Buning oqibatida özbek futbolining darajasi tuşişi mumkin. Rossiyada ham şunaqa vaziyat. Professionallar yetişmaydi. Özbekiston futbol federatsiyasi qadriyat, imkoniyat va maqsadlardan kelib çiqib futbolni rivojlantiriş böyiça kompleks dastur işlab çiqişi lozim. Masalan, nemis yoki niderlandça modelni Rossiya futboliga olib kirsak, terma jamoamiz Germaniyaga aylanmaydi-ku.
Özbekistonda futbolni juda yaxşi körişadi va öynaşadi. Zaxira tayyorlaşning samarali usullari va Yevropaning kuçli ligalariga futbolçilar yetkazib beriş imkoniyatlari mavjud. Masalan, Ahmedov, Şomurodov yoki Örunovni olaylik. Afsuski, Özbekistonda professional menejerlarni tayyorlaş darajasini oşiriş uçun şaroit yaratilmagan. Men öz tajribamdan kelib çiqib amin böldimki, federatsiya va liga rahbariyati taʼlim dasturini işlab çiqişi va özbek futboli faxriylariga menejment, iqtisodiyot va sport huquqi kabilarni örgatişi kerak. Şunda davlat va biznes boşqaruvida tavakkalçiliklar va moliyaviy yöqotişlar kam böladi. Noprofessionallik va oçközlik musobaqalar rivojiga tösqinlik qiladi. Şuning uçun mamlakatda futbolni yaxşi tuşunadigan sifatli boşqaruvçilar kamyob. Xuddi şunday kadrlarni yetiştiriş lozim.
Andrey Kançelskis, «Navbahor» sobiq boş murabbiyi









