Kadastr pasportlarini beriş muddatlari özgartirildi

Kadastr pasportlarini beriş muddatlari özgartirildi

Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasining «Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni eʼtirof etiş töğrisida»gi qonunini amalga oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar haqida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Köçmas mulk obʼektiga kadastr pasportini beriş böyiça davlat xizmatlari körsatişning maʼmuriy reglamentiga özgartirişlar kiritilmoqda. Şunday qilib, pasportni tayyorlaş muddati uzaytirilmoqda. Xususan, u obʼektning murakkabligiga qarab:

• köp kvartirali uylardagi kvartiralar uçun - 5 iş kunigaça;

• yakka tartibdagi uy-joy uçun - 8 iş kunigaça bölgan muddatda tayyorlanadi.

Köçmas mulk obʼektlarining yaşaş uçun möljallanmagan qismi va umuman köp kvartirali uy böyiça:

• umumiy maydonda:

- 100 kv. metrgaça - 8 iş kuni;

- 100 dan 1000 kv. metrgaça - 10 iş kunigaça;

- 1000 dan 5 000 kv. metrgaça - 15 iş kunigaça;

- 5000 dan 15 000 kv. metrgaça - 20 iş kunigaça;

- 15000 dan 50 000 kv. metrgaça - 26 iş kunigaça;

- 50 000 kv. metrdan ortiq bölganda - 35 iş kunigaça muddatda tayyorlanadi.

Teglar:
×