Meliqöziyev amerikalik raqibini “yer tişlatdi”

Meliqöziyev amerikalik raqibini “yer tişlatdi”

Keça, 30 may kuni AQŞning Las-Vegas şahrida ötgan boks keçasida WBA (Jahon boks assotsiatsiyasi) versiyasi böyiça ikkinçi örta vaznda 29 yoşli özbekistonlik boksçi Bektemir Meliqöziyev 28 yoşli amerikalik Darius Fuljamni mağlub etdi.

Golden Boy promouterlik kompaniyasi tomonidan taşkil etilgan boks oqşomida har ikki boksçi ham muvaffaqiyatli hujumlar amalga oşirdi, jangdagi taşabbusni bir neça marta tomonlar almaşib turdi.

Yettinçi raundda Meliqöziyev raqibini uşlab turgani uçun ogohlantirildi, ammo jangning söngi qismida u faollaşdi va oxirgi – ön ikkinçi raundda raqibini nokdaunga uçratdi.

Hakamlar yakdil qaror bilan ğalabani Meliqöziyevga berdi – uçala kartoçkada ham hisob 114-112 böldi.

Mazkur ğalaba Bektemir Meliqöziyev uçun katta ahamiyatga ega. U nafaqat raqibiga professional faoliyatidagi ilk mağlubiyatni taqdim etdi, balki bu orqali özining WBA kamari uçun rasmiy daʼvogar maqomini ham qölga kiritdi.


×