Konor amerikalik reperni döpposladi

Konor amerikalik reperni döpposladi

Ikki vazn toifasida sobiq UFC çempioni Konor Makgregor AQŞning Bruklin şaharçasida mojaro iştirokçisiga aylandi.

Maʼlum bölişiça, irlandiyalik jangçi MTV şousida taniqli musiqaçi Machine Gun Kelly nomi bilan maşhur reper Kolson Beyker bilan janjallaşib qolgan. Konor musiqaçiga içida salqin içimlik bölgan stakanni uloqtirgan. Natijada ular dahanaki jangga kirişgan. Atrofdagilarning aralaşuvi bilan janjal töxtatilgan.

Konor Makgregor heç kimdan surat söramagan. U bölib ötgan voqelikda aybdor emas. U Machine Gun Kelly kimligini ham bilmaydi. Faqat unga bu inson uning iyul oyidagi jangini bevosita arenadan tomoşa qilgani ayon”, deydi Konorning vakili.

Eslatib ötamiz, Konor Makgregor joriy yilning 11 iyulida UFC 264 doirasida bölib ötgan jangda Dastin Pore bilan jang qilgan edi va öşanda oyoğini sindirib olgandi. U jarohatidan ötgan oy tuzalgani maʼlum bölgan.

×