Frantsiyada “oq xalatdagi şayton” 299 bolani zörladi

Frantsiyada “oq xalatdagi şayton” 299 bolani zörladi

Frantsiyada sobiq jarroh 299 nafar bolaga nisbatan jinsiy zöravonlik qilgani uçun 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi. 

Maʼlum qilinişiça, 74 yoşli Joelya Le Skuarnek Frantsiyada bolalarga nisbatan sodir etilgan eng yirik jinsiy jinoyat işlaridan birida aybdor deb topilgan. U 1989 yildan 2014 yilgaça bölgan davrda sodir etilgan 111 ta zörlaş va 188 ta jinsiy tajovuz – jami 299 ta jinoyat böyiça ayblangan.

Taʼkidlanişiça, jabrdiydalarning köpçiligi zöravonlik sodir bölgan paytda narkozda yoki operatsiyadan uyğonayotgan bölgan. Ularning örtaça yoşi 11 yoşni taşkil qilgan. Jabrlanganlar orasida deyarli bir xil sonli öğil va qiz bolalar bölgan. Ikki nafar jabrlanuvçi sudgaça bölgan yillarda öz joniga qasd qilgan.

Prokurorlar Le Skuarnekni “oq xalatdagi şayton” deb atab, unga eng yuqori jazo – 20 yil qamoq talab qilgan. Sudya esa ayblanuvçining aynan bolalar eng ojiz holatda bölgan vaqtda ularga hujum qilganini alohida taʼkidlagan.

Le Skuarnek öz jinoyatlarining barçasini tan olgan. U zöravonlik qilgan holatlarni tafsilotlari bilan daftar va kundaliklarga yozib borgan. Köplab jabrlanuvçilar özlariga nisbatan sodir etilgan zöravonlik haqida faqat tergovçilar ularning ism-şarifini yozuvlar orqali aniqlab, boğlangaç bilişgan.

“Men ularda insonni körmaganman. Ular mening xayoliy fantaziyalarimning nişoni edi. Sud jarayonida ular hayotiy şaxslar, his-tuyğular, ğazab, azob va qayğu bilan yaşayotgan insonlar ekanini köra boşladim”, degan jarroh sud jarayonida.

Le Skuarnek faqat nafaqaga çiqqaçgina qölga olingan. Uning uyida tintuv paytida politsiya 300 mingdan ortiq bolalarning behayo surat va videolari, 70 ta bolalar ölçamidagi qöğirçoqlar, şuningdek, yuzlab daftar va kundaliklarni topgan. Ular jinoyat tafsilotlari bilan batafsil yozilgan bölgan.


×