ITB elektron tölov platformasini işga tuşirdi

ITB elektron tölov platformasini işga tuşirdi

Islom taraqqiyot banki Boşqaruv kengaşining Toşkentda ötkazilayotgan 46 yillik yiğilişi doirasida moliyaviy samaradorlikni oşirişga qaratilgan yangi platformani joriy etiş masalasida kelişuvga erişildi.

Pul mablağlari tölovini tezlaştiruvçi raqamli platforma bank operatsiyalarining samaradorligini oşiradi va işbilarmonlik munosabatlarini amalga oşirişni soddalaştiradi.

Taʼkidlanişiça, platforma foydalanuvçilarga real vaqt rejimida tölov talabnomalarining holatini kuzatib boriş va xavfsizlikni taʼminlovçi şart-şaroitlarda tölov bilan boğliq muammolarni hal qiliş uçun loyihaviy guruhlar bilan töğridan töğri hamkorlik qiliş imkonini beradi.

Platforma global texnologiyalar asosida işlab çiqilgan bölib, mobil qurilmalarda aks ettirişga ham moslaştirilgan. Şuningdek, unda qölda bajariladigan jarayonlar bilan boğliq boşqaruvdagi har qanday nuqsonlarni bartaraf qiliş mumkin.

Pandemiya va ITB tomonidan aʼzo mamlakatlarning iqtisodiy barqarorligini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan saʼy-harakatlar bank operatsiyalarining samaradorligi dolzarb ahamiyat kasb etişini körsatdi. Şundan kelib çiqib, yangi elektron tölov platformasini taʼsis etiş muhim strategik qadam böldi deyiş mumkin.

×