Germaniya Federativ Respublikasida öçoği Xitoyning Uxan şahri bölgan yangi koronavirus bilan kasallangan ilk bemor aniqlandi. Virus aniqlangan kişi şifokorlar nazoratiga olingan. Bu haqda AFP xabar berdi.
Virus yuqtirgan şaxs Ştarnbergda aniqlangan. U yuqumli kasalliklar bölimiga yotqizilgan.
Maʼlumot uçun, Uxanda paydo bölib, dunyoga tarqala boşlagan 2019-nCoV koronavirusidan bugungaça 106 nafar odam halok böldi. Virus bilan kasallanganlar soni 4,5 ming nafardan oşdi.
Koronavirus har kuni biror yangi davlatga kirib boryapti. Jumladan, virus bilan kasallaniş holatlari Kamboja, Gongkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQŞ, Vetnam, Singapur, Nepal, Frantsiya, Avstraliya va Malayziyada qayd qilingan.
JSST mutaxassislari virusning tarqaliş xavfini “örtamiyona”dan “yuqori”gaça oşirişdi. Taʼkidlanişiça, şu vaqtgaça virusning tarqaliş xavfi Xitoy uçun juda yuqori, mintaqaviy kölamda yuqori va xalqaro darajada örtamiyona deb hisoblab kelinayotgandi.
Xitoy Xubey viloyatidagi 10 dan ortiq şaharni izolyatsiyalab qöydi. U yerga heç bir transport vostiasi kiritilmayapti ham, u yerdan biror transport çiqarilmayapti ham.
qalampir.uz









