Xitoyda hukumat va partiya amaldorlariga tuşlik paytida turli xil noz-neʼmatlar isteʼmol qiliş, sigaret çekiş va spirtli içimliklar içiş taqiqlandi. Bu böyiça Xitoy Kommunistik partiya Markaziy qömitasi va Davlat kengaşining qatʼiy tejamkorlik va isrofgarçilikka qarşi kuraş töğrisidagi qarori qabul qilindi.
Hujjat 63 moddadan iborat bölib, “rasmiy meʼyorlarga qatʼiy rioya qiliş” va “mablağlarning sarflanişi ustidan nazorat tizimini joriy etiş”ga çaqiradi.
Masalan, 20 modda mansabdor şaxslarga belgilangan limitdan ortiq “qimmatbaho öyin-kulgi va sovğalar, qimmatli qoğozlar, tölov vauçerlari”ni oliş, şuningdek, xorijda qimor öyinlarida iştirok etişni taqiqlaydi.
“Xorijga çiqiş çoğida davlat mablağlari muassasa yoki davlat korxonalari örtasida sovğa almaşiş, bir-birini könglini oliş uçun işlatilmasligi kerak”, deyiladi hujjatda.
Mamlakat içidagi xizmat safari çoğida mansabdor şaxslarga aeroportlar va vokzallarda “kutib oliş tadbirlarini taşkil etiş”, şuningdek, “hududlarga posilkalarni kutib oliş va yetkazib beriş” taqiqlanadi. Bunday sayohatlarda hamrohlik qiluvçilar soni bir kişi bilan çeklangan.
“Taşrif guruhlari transport, ovqatlaniş va turarjoyni belgilangan meʼyorlar asosida taşkil etişi şart. Fuqaro aviatsiyasining, şuningdek, xususiy, korporativ va xorijiy aviakompaniyalarning çarter reyslaridan qoidalarni buzgan holda foydalaniş, normadan ortiq turarjoy va transport bilan taʼminlaş, boradigan mamlakatlar yoki hududlar sonini köpaytiriş, xizmat safari yönalişini yoki kunlar sonini ruxsatsiz özgartiriş taqiqlanadi”, deyiladi rezolyutsiyada.
“Sinxua” axborot agentligining qayd etişiça, hujjat amaldorlarni “mehnatkaşlik va tejamkorlikda qattiqqöl bölişga” çaqiradi, çunki “isrofgarçilik uyatdir”.
2024 yil oxirida “The Wall Street Journal” Xitoy iqtisodiyotida sodir bölayotgan voqealarni xaos deb atagandi. Naşr taʼkidlaşiça, ortiqça quvvat va talabning pasayişi fonida kompaniyalar narxlarni pasaytirmoqda, investitsiyalarni keçiktirmoqda va xodimlarni işdan böşatişmoqda, bu esa xarajatlarni yanada çeklaydi, xaridorlar esa narxlar yanada tuşişini kutmoqda.
Xitoy Moliya vaziri Lan Foan rasmiylarni byudjet mablağlarini sarflaşda “kamarlarini mahkam boğlaşga” çaqirdi. U Pekin “asosiy milliy strategik vazifalarni bajariş uçun yetarli mablağni” taʼminlaş va işlab çiqariş sektoriga ustuvor ahamiyat beriş niyatida ekanini aytdi.
“Soliqlar va yiğimlar, maxsus jamğarma va davlat obligatsiyalari bilan boğliq siyosat pul-kredit siyosati, bandlik siyosati va sanoat siyosati bilan muvofiqlaştirilgan va yaqinroq uyğunlaşgan holda amalga oşiriladi”, deya aniqlik kiritdi Lan Foan.









