Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskva Ukrainaga qarşi uruşni “Rossiyaga kerak bölgan natija bilan mantiqiy yakuniga yetkaziş uçun yetarli kuç va resurslarga ega” ekanini aytdi. Bu haqda u “Rossiya. Kreml. Putin. 25 yil” hujjatli filmiga bergan intervyusida söz oçgan. Intervyudan parça bugun, 18 may kuni jurnalist Pavel Zarubin tomonidan ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilindi.
“Bu natija – inqirozni keltirib çiqargan sabablarni bartaraf etiş, uzoq muddatli barqaror tinçlik va Rossiya davlatining xavfsizligini taʼminlaş uçun şart-şaroitlarni yaratiş, biz doimo gapiradigan, rus tilini öz ona tili deb biladigan va Rossiyani öz vatani deb biladigan odamlar yaşaydigan hududlarda xalqimiz manfaatlarini taʼminlaş”, dedi Putin.
Öşa intervyuda u Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi davrida Rossiya Qurolli kuçlari yadro qurolidan foydalanişga “ehtiyoj yöqligini” va u umid qilganidek, “talab qilinmasligini” aytdi.
Ayni vaqtda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boşqarmasi 19 mayga ötar keçasi Rossiya RS-24 (Yars) qitʼalararo ballistik raketasini “öquv va jangovar” uçirişni rejalaştirayotgani haqida xabar berdi. Ukraina razvedkasi maʼlumotlariga köra, uçiriş Sverdlovsk viloyatidagi Svobodniy aholi punktidan rejalaştirilgan.
Rossiya strategik raketa kuçlarining 42-Tagil raketa diviziyasi Svobodniyda joylaşgan bölib, uning tarkibiga uçta RS-24 polki kiradi.
Ukraina razvedkasining taʼkidlaşiça, raketa öquv öq-dorilarini olib yuradi. Raketaning uçiş masofasi 10 ming kilometrdan oşadi. Ukraina razvedkasi Rossiya Federatsiyasining maqsadi Ukrainani, şuningdek, Yevropa Ittifoqi va NATOga aʼzo davlatlarni namoyişkorona bosim ötkaziş va qörqitiş, deb hisoblaydi.









