Ukraina yana bir F-16 qiruvçi samolyotidan ayrildi

Ukraina yana bir F-16 qiruvçi samolyotidan ayrildi

Ukrainaga ittifoqçilar tomonidan yetkazib berilgan F-16 qiruvçi samolyotlaridan biri jangovar topşiriqni bajariş vaqtida yöqoldi. Bu haqda Ukraina Harbiy havo kuçlari xabar berdi. 

Qayd etilişiça, samolyot bilan aloqa keça, 16 may kuni taxminan soat 03:00 da uzilgan.

“Dastlabki maʼlumotlarga köra, uçuvçi uçta havo nişonini yöq qilgan va törtinçisiga qarşi aviatsion pulemyotdan foydalanayotgan bölgan. Şu vaqtda bortda favqulodda holat yuz bergan”, deyiladi Ukraina Qurolli kuçlari bayonotida.

Ukraina Harbiy havo kuçlarining taʼkidlaşiça, uçuvçi samolyotni aholi punktidan uzoqroqqa olib çiqişga muvaffaq bölgan va xavfsiz tarzda katapult qilinib, qutqaruv guruhi tomonidan topilgan va evakuatsiya qilingan.

Voqea tafsilotlari haqida boşqa maʼlumotlar berilmagan.

Qayd etiş joiz, Ukraina 2024 yil avgust oyida ilk F-16 samolyotlarini qabul qilgan. Ukrainada F-16 bilan bunday hodisa birinçi marotaba sodir bölayotgani yöq. 2024 yil 29 avgust kuni Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi Ukrainaga Ğarb ittifoqçilari tomonidan taqdim etilgan F-16 qiruvçi samolyotlaridan biri halokatga uçragani haqida xabar bergan edi. Hodisa uç kun oldin Rossiyaning yirik raketa hujumini qaytariş paytida yuz bergan. Samolyotning qulaşi oqibatida “Oy baliq” belgisi bölgan uçuvçi Aleksey Mes halok böldi. Falokat sababi uçuvçi xatosi degan nazariya bor edi. Şu bilan birga, Oliy Rada deputati Maryana Bezuglaya öz manbalariga tayanib, F-16 Ukrainadagi Patriot mudofaa tizimi öqi bilan urib tuşirilganini maʼlum qildi va Havo kuçlarini voqeani bosti-bosti qilib yuborişda aybladi.


×