Rossiya kuçlari Ukrainaga qarşi uruşda sönggi bir sutka içida 1 520 nafar harbiy xizmatçisini yöqotdi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi maʼlum qildi.
Ukraina tomonining hisob-kitoblariga köra, Rossiyaning uruş boşlanganidan, yaʼni 2022 yil 24 fevraldan 2026 yil 19 sentyabrgaça bölgan davrdagi umumiy jangovor yöqotişlari taxminan 1 million 516 ming 430 nafar harbiy xizmatçisini taşkil etgan.
Qayd etilişiça, uruş boşlanganidan buyon Rossiya qöşinlari 12 352 ta tank, 25 357 ta zirhli jangovor maşina, 50 011 ta artilleriya tizimi, 2 143 ta köp martalik raketa tizimi, 1 657 ta havo hujumidan mudofaa tizimi va 442 ta samolyotini yöqotgan.
Şuningdek, Rossiya tomonining yöqotişlari qatorida 356 ta vertolyot, 2 672 ta quruqlikdagi robotlaştirilgan tizim, 524 132 ta tezkor-taktik uçuvçisiz uçiş apparati, 5 111 ta qanotli raketa, 35 ta harbiy kema va kater hamda 2 ta suvosti kemasi bor.
Bundan taşqari, 150 922 ta transport vositasi va yonilği sisternasi hamda 4 703 ta maxsus texnika yöq qilingan.
Ukraina Boş ştabi maʼlumotlariga köra, sönggi bir sutkada Rossiya 1 ta tank, 5 ta zirhli jangovor maşina, 73 ta artilleriya tizimi, 1 ta köp stvolli raketa tizimi, 11 ta havo hujumidan mudofaa tizimi, 16 ta yer usti robotlaştirilgan tizim, 1 816 ta dron, 480 ta avtomobil va yonilği taşuvçi sisterna hamda 2 ta maxsus texnikasidan ayrilgan.









