Tokioda jinoyat sodir etişda gumonlangan özbekistonliklar qölga olindi (video)

Tokioda jinoyat sodir etişda gumonlangan özbekistonliklar qölga olindi (video)

Yaponiya poytaxti Tokioning Şibuya va Şinjuku tumanlarida sodir etilgan bir neçta jinoyatlarda gumon qilingan 5 nafar Özbekiston fuqarosi Tokio politsiyasi tomonidan qölga olindi. Bu haqda “Tokyo reorter” xabar berdi.

Naşrga köra, 2023 yil 30 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 5:30 da 21 yoşli H.D. va uning şeriklari Şibuya tumanining Maruyamaço hududidagi köçada 3 nafar çet ellikdan iborat guruhga hujum qilgan. H.D. 21 yoşli erkakning yuziga tepganidan söng şeriklari bilan jami 210 ming iyena qiymatidagi hamyon va sumkalarini öğirlagan.

Naşrning yozişiça, jabrlanuvçiga tan jarohati yetkazgan holda talonçilik sodir etganlikda gumonlanib, qölga olingan H.D. tergovga advokati kelmagunça gapirmasligini aytmoqda. Boşqa 4 gumondor esa ayblovlarni rad etmoqda.

5 gumondordan tört nafari, jumladan H.D. ham Yaponiyada noqonuniy yaşab kelayotgani aniqlangan. Gumondorlar voqea sodir bölişidan oldin nişonga olingan guruhdagi ayol aʼzo bilan tanişişga uringan.

Politsiya maʼlumotiga köra, H.D. va uning şeriklari ötgan yilning avgust oyidan beri Şibuya va Şinjuku kabi gavjum hududlarning köçalarida uxlayotgan odamlarning çöntaklariga “qöl soliş” kabi boşqa jinoyatlarni ham sodir etgan bölişi mumkin.

Şuningdek, ular öğirlangan kredit kartalari orqali iPhone telefonlarini sotib olib, ularni qayta sotiş orqali qariyb 8 million iyena foyda körganlikda ham gumon qilinmoqda.



Politsiyaning aytişiça, bu guruhga H.D. rahbarlik qilgan va jinoyatlar qaçon va qayerda sodir etilişini Telegram orqali boşqalarga bildirgan. Holat böyiça boşqa tafsilotlar maʼlum emas. Tergov jarayonlari davom etmoqda.

Teglar:
×