Undirilişi umidsiz deb eʼtirof etilgan soliq qarzi hisobdan çiqariladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasining tegişli qarori loyihasida qayd etilgan.
Loyihaga asosan soliq kodeksining 60-moddasiga muvofiq sud qarori bilan majburiyatning bekor qilinişi tufayli yoki bankrotlik orqali tugatiş, qarzdorning vafoti yoxud daʼvo muddati ötişi (tugaşi) sababli tölanişi mumkin bölmagan qarz undirilişi umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi.
Şuningdek soliq kodeksining 96-moddasiga muvofiq soliq qarzi quyidagi holatlarda undirilişi umidsiz deb eʼtirof etiladi:
• bankrotlik orqali tugatilgan yuridik şaxsning mol-mulki yetarli emasligi sababli soliq qarzi uzilmay qolganda. Bunda, Oila kodeksining 34-moddasiga asosan er-xotinning umumiy mol-mulki hisobidan undiriş tartibi, muassislar (iştirokçilar) va mulkdorlardan undiriş közda tutilgan soliq qarzini undiruvida ham tadbiq etiladi;
• yakka tartibdagi tadbirkor bankrot deb eʼtirof etilganda qarzdorning mol-mulki yetarli emasligi sababli soliq qarzi uzilmay qolganda. Bunda, bankrot deb eʼtirof etilgan yakka tartibdagi tadbirkorning soliq qarzi undiruvi Özbekiston Respublikasi Oila kodeksining 34-moddasiga asosan er-xotinning umumiy mulkidagi tegişli uluşiga ham qaratilgan bölişi lozim. Agar, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati Özbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida”gi Qonunining 6 - moddasi 3 - qismida belgilangan tartibda taşkil etilgan bölsa, soliq qarzi er - xotinning barça mol-mulklari hisobidan töliq undiriş çoralari körilgan bölişi şart;
• yakka tartibdagi tadbirkor vafot etgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan uning mol-mulki soliq qarzini uzişga yetarli bölmaganligi sababli soliqlardan qarzi uzilmay qolganda. Bunda, vafot etgan jismoniy şaxsning yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati böyiça undirilmasdan qolgan soliq qarzi undiruvi undan meros bölib qolgan mol-mulklar qiymati doirasida uning merosxörlariga qaratilgan bölişi şart;
• jismoniy şaxs vafot etganligi yoki jismoniy şaxs vafot etgan deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan uning mol-mulki soliq qarzini uzişga yetarli bölmaganda;
• vafot etgan jismoniy şaxsning soliq qarzi mol-mulkini meros qilib olgan merosxöri (merosxörlari) tomonidan meros qilib olinadigan mol-mulkning qiymati doirasida merosdagi uluşiga mutanosib ravişda uziladi va meros qilib olinadigan mol-mulk qiymatidan ortiq summasi undirilişi umidsiz summa deb eʼtirof etiladi. Bunda, meros bölib ötayotgan mol-mulklar qiymati merosxör tomonidan baholovçi taşkilotlariga qayta baholatiş orqali aniqlanadi hamda mol-mulkni baholatiş bilan boğliq xarajatlar merosxör tomonidan tölab beriladi.
• vafot etgan jismoniy şaxsning merosxöri bölmaganda yoki merosxör (merosxörlar) meros oliş huquqidan voz keçganda;
• soliq organi soliq qarzini undirişning belgilangan muddati ötişi munosabati bilan uni undiriş imkoniyatini yöqotganligi töğrisida sud tomonidan hujjat qabul qilinganda, şu jumladan sud tomonidan soliq qarzini undiriş töğrisida ariza berişning ötkazib yuborilgan muddatini tiklaşni rad etiş haqida ajrim çiqarilganda;
• çet ellik yuridik şaxs soliq organidan hisobdan çiqarilganda, doimiy muassasaning mol-mulki yetarli emasligi va Özbekiston Respublikasining norezidenti bölgan yuridik şaxs tomonidan tölaş imkonsizligi sababli soliq qarzi tölanmaganda. Bunda, tugatilgan yuridik şaxslar, çet ellik yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq organida qaytadan hisobga qöyilganda yoki faoliyati tiklanganda soliq qarzi ham qayta tiklanişi lozim.









