Rossiya hukumati Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Norvegiya, Ukraina va Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya Birlaşgan Qirolligi kompaniyalari uçun mamlakat böylab avtomobil yuklarini taşişni taqiqladi. Tegişli farmonni Rossiya Boş vaziri Mixail Mişustin imzoladi.
Bugun, 1 oktyabr kuni rasmiy huquqiy axborot portalida eʼlon qilingan hujjatda taʼkidlanişiça, taqiq uşbu davlatlar tomonidan Rossiya yuk taşuvçilariga qöygan çeklovlarga javoban joriy qilinmoqda. Farmon 10 oktyabrdan kuçga kiradi va joriy yilning 31 dekabrigaça amal qiladi.
Hujjatda taʼkidlanişiça, taqiq ikki tomonlama va tranzit taşişlarga taalluqlidir.
Şu bilan birga, taşiş uçun uşbu çeklov qöllanilmaydigan bir qator tovarlar taqdim etiladi. Ular orasida har xil turdagi oziq-ovqat, tayyor mahsulotlar, ingrediyentlar, şuningdek, nooziq-ovqat tovarlari mavjud.
Taqiq göşt, baliq, sut, ayrim turdagi sabzavot va qandolat mahsulotlari, kakao, don mahsulotlari, alkogol, öğitlar, farmatsevtika mahsulotlari, kontratseptiv vositalar, qoğoz va kartonni öz içiga olgan tovarlar röyxatiga taalluqli bölmaydi.
Bundan taşqari, soatlar, musiqa asboblari, yadro reaktorlari, kino va ovoz yoziş uskunalari ham taqiq ostida emas.









