Özbekistonga dam oliş kunlari nam va salqin havo kirib keladi

Özbekistonga dam oliş kunlari nam va salqin havo kirib keladi

Özbekistonga şanba va yakşanba kunlari respublikaning ğarbiy hududlariga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelişi boşlanadi, deb xabar bermoqda “Özgidromet”.

Maʼlum qilinişiça, 22-23 mart kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda yomğir yoğadi. Ayrim toğli hududlarda ham yomğir yoğadi, baland toğlarda qorga aylanadi.

Respublikaning qolgan hududlarida quruq ob-havo bölişi kutilmoqda. Uşbu kunlarda havo harorati asta-sekin pasayadi va 22-27 daraja iliqni taşkil etadi.

Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgaça kuçayadi.

Toşkentda dam oliş kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat asosan keçalari 12-14 daraja iliq, kunduz kunlari 26-28 daraja iliq böladi.

Navröz bayrami qulay ob-havo şaroitida ötadi, faqat respublika şimolida baʼzi joylarda yomğir yoğadi. 21—25 mart kunlari kutilayotgan yoğingarçilik hamda havo haroratining özgarişi sabab Qaşqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toşkent va Namangan viloyatlarida qor köçiş xavfi eʼlon qilingan. 

Teglar:
×