Şaxslarning tasvirga bölgan huquqlari himoyasi kuçaytirilyapti

Şaxslarning tasvirga bölgan huquqlari himoyasi kuçaytirilyapti

Sönggi yillarda şaxslarning tasviridan foydalaniş bilan boğliq munosabatlarda şaxsiy daxlsizlik huquqi uni amalga oşiriş mexanizmlari bilan taʼminlanmaganligi sababli çeklanmoqda, deyiladi Adliya vazirligi işlab çiqqan hujjat loyihasi matnida.

Vazirlikka köra, taklif etilayotgan Qonun loyihasida şaxslarning, jumladan, bolalarning tasvirga bölgan huquqlarini kafolatlaş, davlat organlari va taşkilotlari faoliyati şaffofligini, söz va matbuot erkinligini yanada mustahkamlaş, mehnat munosabatlarida xodimlarning tasvirga bölgan huquqlari muhofazasini kuçaytiriş maqsadida ayrim özgartiş va qöşimçalarni kiritiş nazarda tutilgan. 

Jumladan, Fuqarolik kodeksi 100-1-modda bilan töldirilmoqda.

Mazkur modda «tasvirga bölgan huquqlarni himoya qiliş»ni nazarda tutib, şaxsni tasvirga (fototasvir, videoyozuv, u aks etgan tasviriy sanʼat obʼekti yoki uni identifikatsiya qiliş imkonini beradigan boşqa taşqi belgilar yiğindisi) oliş (tasvirini yaratiş) va undan foydalanişga faqat uşbu şaxsning roziligi bilan yöl qöyilişini tartibga soladi.

Qayd etilişiça, bunday hollarda şaxs muomalaga layoqatsiz bölgan taqdirda, rozilik uning qonuniy vakili tomonidan, şuningdek, şaxs vafot etgan taqdirda, agar u hayotligi çoğida rozilik bermagan bölsa, uning vorislari tomonidan beriladi.

Ön olti yoşga tölmagan voyaga yetmaganlar nomidan rozilik ularning ota-onasi (ota-onaning örnini bosuvçi şaxslar) tomonidan beriladi.

Tasvirdan foydalaniş deganda, uni oşkor qiliş, namoyiş qiliş, tarqatiş, saqlaş, işlov beriş, çop etiş tuşuniladi.

Quyidagi hollarda şaxslarni tasvirga oliş va undan foydalaniş uçun rozilik oliş talab etilmaydi:
tasvirdan jamiyat va davlat manfaatlari uçun quyidagi maqsadlarda foydalanişda:
tasvirdagi şaxsga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda qidiruv eʼlon qilişda;
davlat organlari va taşkilotlari tomonidan ularga yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni amalga oşiriş maqsadida şaxslarni tasvirga oliş va undan foydalanişda;
sodir etilgan yoki etilayotgan noqonuniy xatti-harakatlar, şuningdek, jamiyat va davlat xavfsizligiga tahdid soluvçi boşqa voqea-hodisalar töğrisida xabar berişda, ularni tasvirga oliş va undan foydalanişda (jabrlanuvçining şaʼni va qadr-qimmati kamsitilmasligi şarti bilan);
xizmat vazifasini bajariş, jamoatçilik faoliyatini amalga oşiriş jarayonida davlat xizmatçisi va hokimiyat vakilini tasvirga oliş va undan foydalanişda;
jamoat joylari hamda miting, yiğiliş va namoyişlar, şuningdek, ommaviy va şaxsiy (töy, oilaviy, yubiley, dafn marosimi va boşqa) tadbirlarda umumiy jarayonlarni aks ettiriş maqsadida şaxslarni tasvirga oliş va undan foydalanişda;
tasvir şaxs tomonidan hamma foydalana oladigan qilingan bölsa yoki hamma foydalanişi mumkin bölgan manbadan olingan bölsa (tasvirdan tijorat maqsadlarida foydalaniş holatlari bundan mustasno);
şaxsning haq evaziga tuşirilgan (yaratilgan) tasviridan uşbu tasvirni olişdan (yaratişdan) közlangan maqsadda foydalanilganda;
jamoat tartibini saqlaş, xavfsizlikni taʼminlaş maqsadida videokuzatuv tizimlari orqali şaxslarni tasvirga oliş va uşbu maqsadlarda foydalanişda.

Jamoat joylarida (yoki jamoat joylariga qaratilgan obʼektlarda) videokuzatuv tizimlari örnatilgan taqdirda, bu haqda aniq va barçaga tuşunarli ogohlantiruvçi belgi örnatilişi şart.

Jamoat joyi deganda, doimiy, vaqtinçalik va (yoki) davriy xususiyatga ega bölgan, tevarak atrofi örab olingan yoki oçiq holdagi, aholining umumiy foydalanişi va turli ehtiyojlarini qondirişi uçun möljallangan, şuningdek, şaxs(lar)ning harakatlari natijasida özgalar manfaatlariga taʼsir körsatadigan şaxsiy makon xususiyatini jamoaviy makonga özgartiruvçi, undagi voqea va hodisalarni tösiqsiz köriş va eşitiş mumkin bölgan obʼektlar, şu jumladan, binolar, inşootlar va ularning qismlari tuşuniladi.

Şaxslarning qisman yoki töliq kiyimsiz bölişini taqozo etadigan joylarda videokuzatuv kameralarini örnatiş va şaxslarni tasvirga oliş taqiqlanadi.

Tasvirdan rozilik berilgan maqsadga nomuvofiq tarzda foydalanilgan yoki foydalaniş şaxsning şaʼni va qadr-qimmati kamsitgan taqdirda, şaxs tasvirdan foydalaniş uçun rozilikni çaqirib oliş huquqiga ega.

Uşbu moddada nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan hollarda, şaxs hamda uşbu moddaning ikkinçi va uçinçi qismlarida körsatilgan şaxslar tasvirdan foydalanişni töxtatişni, uni yöq qilişni hamda yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni qoplaşni talab qiliş huquqiga ega.

Uşbu moddaning qoidalari tezkor-qidiruv, razvedka va kontrrazvedka faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi. Şaxslarning tasviriga işlov beriş tartibi qonunçilik bilan belgilanadi.


Teglar:
×