Sönggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillaştiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar odil sudlov jarayonida fuqaro va tadbirkorlarning huquqlarini himoya qiliş darajasini yangi bosqiçga olib çiqdi.
Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, sarmoya kiritayotgan investor, birinçi navbatda öz huquqlarini sud orqali kafolatli himoya qilinişiga eʼtibor beradi.
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 24 iyulda qabul qilingan «Sudlar faoliyatini yanada takomillaştiriş va odil sudlov samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Farmoni fikrimizning yorqin ifodasidir.
Farmonda fuqarolarning odil sudlovga bölgan huquqini amalda taʼminlaş bilan boğliq dolzarb muammolarga alohida eʼtibor qaratilib, sudlarda investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini öz vaqtida va samarali himoya qiliş borasida söz yuritilgan.
Bugun Namangan viloyat sudi iqtisodiy işlar böyiça sudlov hayʼati, Namangan tumanlararo iqtisodiy sudi hodimlari, viloyat soliq xodimlari, tadbirkorlar, xorijiy investorlar, bojxona xodimlari hamda Savdo sanoat palatasi Namangan viloyati xududiy boşkarmasi xodimlari iştirokida “Investitsiyaviy nizolarni sudda körib çiqişning xususiyatlari” mavzusida davra suxbati ötkazildi.
Tadbirni viloyat sudi iqtisodiy işlar sudlov hayʼati raisi Anvarjon Xonazarov oçib farmonga muvofiq Oliy sud tuzilmasida investitsiyaviy nizolarni va raqobatga oid işlarni köriş böyiça alohida sudlov tarkibi taşkil etilganligi, ilgari Oliy sud tuzilmasida bunday sudlov tarkibi bölmagani, bundan közlangan asosiy maqsad mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oşiriş, investorlarning huquq va manfaatlarini kafolatli himoya qiliş, ularning işonçini mustahkamlaş ekanligini tuşuntirdi.
Bundan taşqari davra suxbatida, 2021 yil 12 yanvarda «Sud qarorlarini qayta köriş instituti takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun qabul qilinganligi, unga köra Iqtisodiy protsessual kodeksiga iqtisodiyot sohasida investorlar hamda davlat organlari örtasidagi investitsiyaviy şartnomalardan kelib çiqadigan nizolar böyiça va raqobatga oid işlarni taalluqliligi va tegişliligiga oid normalar kiritilganligiga alohida urğu berildi.
Jumladan, yirik investor va raqobatga oid işlar böyiça taraflarning xohişiga köra, uşbu toifadagi işlar Oliy sudning investitsiyaviy nizolarni hamda raqobatga oid işlarni köriş böyiça sudlov tarkibi tomonidan körilişi, qolgan investitsiyaviy nizolar investorlarning xohişiga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar sudi tomonidan birinçi instantsiya sudi sifatida körilişi belgilanganli yiğilganlarga tuşuntirib ötildi.
Investitsiyaviy tarkibning taşkil etilişi investorlar nizolarni hal qiliş uçun turli sud instantsiyalari örtasida oylab sarson bölişlarining oldini oladi va ularning muammolari bitta sudda hal qilinişini taʼminlaydi. Şu bilan investorlarning odil sudlovga işonçini kuçaytiriş orqali respublikaning investitsiyaviy jozibadorligi ortişiga xizmat qilişi va xususiy mulk huquqi qonun va sudning kafolatli himoyasida bölişi taʼminlanişi taʼkidlandi.
Davra suxbatida iştirokçilarning savollariga javob berilib, ularning ham fikr-mulohazalari tinglandi.
Namangan viloyat sudi jamoatçilik
va OAV bilan işlaş bölimi









