Hafta oxirida Özbekistonda havo iliq bölişi kutilmoqda

Hafta oxirida Özbekistonda havo iliq bölişi kutilmoqda

Özbekistonda dam oliş kunlari iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Harorat keçalari +4…+9, kunduz kunlari +17…+25 daraja atrofida böladi.

14–16 mart kunlari Özbekiston böyiça iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda Özgidromet agentligi.

Havo harorati asosan keçalari +4…+9 daraja, kunduz kunlari +17…+22 daraja, janubda va çöl hududlarda +25 darajagaça böladi. Şamol şarqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi.

Toşkent şahrida juma va dam oliş kunlari havo kam bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan birozdan örtaça tezlikkaça esadi. Harorat keçalari +7…+9 daraja, kunduz kunlari +19…+22 daraja böladi.

Teglar:
×