Özgidromet» qişning dastlabki kunlari anomal iliq ob-havo bilan boşlanişini maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, 29—30 noyabr kunlari Özbekiston hududi böyiça quyoşli va oçiq kun bölişi kutilmoqda. Tuşdan söng havo 12-17 daraja iliqqaça isiydi, keçalari havo harorati 3-6 daraja iliqni taşkil etadi.
1—2 dekabr kunlari janubiy hududlardan iliq havo massalari kirib kelişi kutilmoqda. Harorat keçalari 6-9 darajagaça iliq, kunduz kunlari esa 17-22 darajagaça iliq böladi. Bu dekabr oyi boşi uçun bölgan meʼyordan 8-11 darajaga yuqoridir.REKLAMAReklamani yopiş
Faqat 2 dekabrda şimoliy hududlarga biroz nam va salqin havo massalari kirib kelişi, buning hisobiga Qoraqalpoğistonda va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yomğir yoğişi mumkin.
3 dekabrda havo massalarining kirib kelişi respublikaning qolgan hududlariga tarqaladi. Respublikaning ayrim tumanlarida (şimoliy hududlar va Farğona viloyatidan taşqari) biroz yomğir yoğişi ehtimoli istisno emas. 3 dekabrda harorat foni nisbatan pasayadi, lekin hali ham meʼyordan yuqori böladi. Kunduz kunlari havo harorati 13-18 daraja iliq böladi.
Eslatib ötamiz, dam oliş kuni sovuq antitsiklon respublika hududidan asta-sekin çekinib, respublika böylab yoğingarçiliksiz ob-havo kuzatildi.









