Özgidromet hafta davomida kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Unga köra, bugun 12 oktyabr kuni Özbekiston hududi böyiça havo özgaruvçan böladi, baʼzi joylarda yomğir yoğadi. Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati asosan 18-21 daraja, şimolda va janubda 23-26 daraja böladi.
Ertaga 13 oktyabr kuni Samarqand, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, şuningdek keçasi va ertalab Farğona vodiysi viloyatlarida yomğir yoğişi saqlanib turadi. Joriy yilning 14-16 oktyabr kunlari respublikaning barça hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 22-25 daraja, janubda 27-30 daraja böladi.
Şamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, 12-13 oktyabrda kuçli bölişi mumkin. Baland toğlarda yoğingarçilik (yomğir, qor) kuzatiladi. 12 oktyabr kuni toğ oldi va toğli hududlarda sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
Toşkentda bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Harorat 19-21 daraja böladi. 13-16 oktyabr kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçalari 12-15 daraja, kunduz kunlari 22-25 daraja böladi. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.









