Özbekistonda hafta örtasidan boşlab havo harorati jadal kötariladi

Özbekistonda hafta örtasidan boşlab havo harorati jadal kötariladi

Keça, 2 mart kuni Özbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan kirib kelgan sovuq va nam havo massalari bugun, 3 mart kuni ham davom etadi. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.

Unga köra, hududning katta qismida qor yoğişi davom etadi va havo harorati 0-5 daraja sovuq atrofida böladi. Kunning ikkinçi yarmida Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida qor yoğişi töxtaydi.

Ertaga, 4 mart kuni Özbekistonning barça viloyatlarida yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda. Faqat respublikaning ayrim toğli hududlarida biroz qor yoğişi mumkin. Keçasi va ertalab hali ham sovuq antitsiklon taʼsiri saqlanib turadi, harorat 2-7 daraja sovuq atrofida böladi. Kunduzi antitsiklon respublika hududidan asta-sekin çekina boşlaydi. Harorat 4-7 daraja iliqqaça kötariladi, ammo bu mart oyining boşi uçun meʼyordan nisbatan pastdir.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tuşişi mumkin. 5-6 mart kunlari Özbekistonning barça hududlari böyiça yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi, 7 martda respublika böyiça baʼzi joylarda (Farğona vodiysidan taşqari) yana yomğir körinişidagi yoğingarçilik bölişi kutilmoqda. Faqat Özbekistonning şimolida – Ustyurtda va Orolböyi hududlarida yomğir qorga aylanişi mumkin.

Hafta örtasidan harorat jadal kötarila boşlaydi va 6-7 mart kunlariga borib, keçalari 5-8 daraja iliqni, kunduz kunlari 14-17 daraja iliqni, janubda 20-22 daraja iliqni taşkil etadi.

3 mart va 7 mart kunlari respublika böyiça baʼzi joylarda şamol tezligi 17–22 m/s gaça kuçayadi, ayrim joylarda baʼzida 23–25 m/s gaça kuçayişi mumkin.

Toşkent şahrida 3 mart kuni vaqti-vaqti bilan qor yoğadi. Harorat 0-2 daraja sovuq böladi. 4-6 mart kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. 7 martda keçga tomon yomğir yoğişi mumkin. Harorat 4 mart kuni keçasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 5-7 daraja iliq böladi. 5–7 mart kunlari harorat keçalari 4-7 daraja iliqqaça, kunduz kunlari 14-17 daraja iliqqaça kötariladi.


Teglar:
×