Bugun, 29 noyabr kuni Toşkentning Sergeli tumanidagi korxonada işçilar yotoqxonasida portlaş yuz berdi. Bu haqda FVV xabar qilmoqda.
Portlaş soat 05:05da Sergeli tumani Nilufar 3-tor köçasida “Uzmill” MÇJ hududida işçilar uçun joylaşgan yotoqxonada yuz bergan. Birlamçi maʼlumotga köra, havo-gaz aralaşmasining çaqnaşi va buning oqibatida yonğin sodir bölgan.
Voqea joyida 43 nafar işçi bölgan, yonğin oqibatida ulardan 18 nafari har xil turdagi kuyiş tan jarohati bilan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga joylaştirilgan. Hodisa oqibatida halok bölganlar yöq.
Voqea sodir bölgan joyga 4 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 05:08da yetib borib, yonğin soat 05:29da qurşab olingan va soat 05:43da batamom öçirilgan.
Hodisa tafsilotlarini örganiş uçun Toşkent şahar prokurorining birinçi örinbosari rahbarligida Toşkent şahar FVB, IIB, SSB, “Hududgaz taʼminoti” AJ rahbarlaridan iborat tezkor tergov guruhi taşkil etilgan.
Birlamçi maʼlumotga köra, havo-gaz aralaşmasining çaqnaşiga gaz quvurlarining nosozligi oqibatida xonaga gaz töplanişi sabab bölgan.









