Toşkent viloyatida 1 mlrd sömlik sintetik giyohvand moddalarni saqlab kelgan şaxs qölga olindi. Bu haqda viloyat içki işlar boş boşqarmasi matbuot kotibi Bobur Tölaganov xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 15 iyul kuni Toşkent viloyati IIBB tezkor qidiruv xizmati tomonidan Toşkent tumani IIB va DXX hududiy bölinmasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, 2002 yilda tuğilgan A.T. özining Tracker avtomaşinasida vazni 1 kg 433 gr bölgan “mefedron” sintetik giyohvandlik vositasini sotiş maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan va daliliy aşyo bilan uşlangan.
Aniqlanişiça, 22 yoşli şaxs mazkur sintetik vositani bölaklarga bölib, kontaktsiz manzil (“zakladka”) orqali sotişni rejalaştirgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek, ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.









