Bir haftadan köproq vaqt davomida çegaradagi vaziyat taranglaşgan. 24 dekabr kuni Pokistonning Afğoniston şarqiga uyuştirgan havo hujumlarida kamida 46 kişi halok böldi.
Pokistonning aytişiça, hujumlarda «terrorçilar boşpanalari» nişonga olingan. Afğoniston rasmiylariga köra, qurbon bölgan 46 kişining aksariyati ayollar va bolalardir.
Bunga javoban «Tolibon» çegaraga harbiy texnika va 15 ming askarni joylaştirdi. Şundan söng afğonlar bahsli çegarada Pokistonning bir neçta pozitsiyalariga hujum qildi. U yerda töqnaşuvlar davom etmoqda.
«Tolibon» vakillari Britaniyaning Telegraph gazetasiga bergan intervyusida mojaroning har qanday keskinlaşuviga tayyor ekanliklarini aytişgan:
«Ularda yadro bombasi bormi-yöqmi, bizni qiziqtirmaydi», deydi yuqori martabali vakillardan biri.
Pokiston rahbarlari afğon toliblarini pokistonlik jangarilarga boşpana berganlikda ayblamoqda. Gap birinçi navbatda «Tehrik-e-Tolibon Pokiston» (TTP) guruhi haqida bormoqda. TTP guruhi Pokistonda vayronagarçiliklar keltirib çiqarmoqda. Birgina 2024 yilda Pokiston xavfsizlik kuçlariga 444 ta hujum uyuştirilgan, kamida 685 kişi halok bölgan.









