Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Davlatobod tumani Tadbirkor mahallasidagi 16 qavatli 1/1-uyning çökayotgani aks ettirilgan video va foto lavhalar aholi eʼtirozlariga sabab böldi.
Yuqoridagi murojaat Davlatobod tumani hokimligi tomonidan nazoratga olinib, masalaga daxldor taşkilotlarni jalb qilib örganildi.
Namangan viloyati Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida hududiy nazorat qiliş inspektsiyasi xulosalariga köra köp qavatli turar joy binosi 2022 yilda qurilişi yakunlanib foydalanişga topşirilgan. Binoning orqa qismida (10 m. masofada) 2023 yilda D100 mm. poliyetilen quvurlardan bajarilgan suv taʼminoti tarmoği qurilişi amalga oşirilib, foydalanişga topşirilgan holda işlatib kelinmoqda.
Tarmoqning bino orqa qismiga yaqin joyida (10m) yonğinni öçiriş moslamasi (pojarniy gidrant) örnatilgan nazorat quduği mavjud. Mazkur nazorat quduği içki qismidagi metall quvurni gidrantga ulaniş joyidan foydalaniş jarayonida yoriqlik yuzaga kelib suv taşqariga sizib çiqqan. Sizib çiqqan suv binoning 2 yon tomoniga töplangan hamda bino yertöla qismiga kirgan. Qayta töldirilgan tuproqqa suvni singişi tufayli yerni çökişi, bino atrofidagi beton otmostka sinişi hamda sokolga terilgan granit plitalarni poydevordan köçişi holati yuzaga kelgan. Bundan taşqari, suv binoning yertöla qismiga xam kirgan. Binoning taşqi hamda yertöla qismidan içki perimetrlari örganib çiqilganda poydevorda deformatsiyalaniş (poydevorda yoriqliklar, polni çökişi) holatlari aniqlanmadi.
Şu kuni suv taʼminoti tarmoğidagi nosozlik Davlatobod tuman Içimliksuvtaʼminoti korxonasi tomonidan bartaraf etildi.


2024 yil 3 avgust kuni holatni qaytadan örganiş böyiça joyiga borib körilganda bino 2 yon qismidagi çökiş holati binoni qurgan "Sanitar ingenering invest" MÇJ tomonidan töldirilib, ustki qismidan beton otmostkalar qaytadan bajarilganligi, sokol yuzasidan köçgan granit plitkalar joyiga qayta terilganligi aniqlandi.
Xulosa qilib şuni aytiş lozimki bino poydevori yuzalarida taşqi tomonidan hamda içki tomonidan töliq örganib çiqilganda yoriqlik, poydevorni çökişi holatlari mavjud emasligi aniqlandi.









