Bir yil içida Özbekistonga bojxona orqali olib kelingan giyohvand moddalari 1 tonnadan oşdi

Bir yil içida Özbekistonga bojxona orqali olib kelingan giyohvand moddalari 1 tonnadan oşdi

Bojxona qömitasida 2024 yildagi faoliyat sarhisobi va 2025 yildagi ustuvor vazifalarga bağişlangan Hayʼat yiğilişi bölib ötdi.

Yiğilişda, jumladan, sohada erişilgan yutuqlar va 2025 yilda amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan işlar xususida gap bordi.

Qayd etilişiça, yakuniga yetayotgan yilda 17 mingga yaqin taşqi iqtisodiy faoliyat qatnaşçilariga bojxona tölovlaridan 49,6 trln sömlik imtiyoz va preferentsiyalar qöllanildi, 6,6 trln sömlik bojxona tölovlarini keçiktirib tölaşga ruxsat berildi.

Davlat byudjetiga undirilgan bojxona tölovlari ötgan yilga nisbatan 8 foizga oşişiga erişildi.

9 mingga yaqin holatda 914 mlrd sömlik tovarlar, 35 mlrd söm ekvivalentidagi valyuta qimmatliklari, 76 mlrd sömlik zargarlik buyumlari, 63 mlrd sömlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga çek qöyildi.

Joriy yilda bojxona organlari tomonidan 1 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari, 554 ming dona psixotrop va kuçli taʼsir etuvçi moddalar, 49 dona qurol, 3010 ta öq-dorilar aşyoviy dalil sifatida olindi.

Sohani raqamlaştiriş hisobiga eksportda 91 foiz, importda esa 75 foiz deklaratsiyalar soddalaştirilgan tartibda rasmiylaştirildi. Bunda 54 mingdan ortiq eksport va import deklaratsiyalarining rasmiylaştiruvi inson omilisiz amalga oşirildi.

Yiğilişda, şuningdek,kelgusi yilda sohada yöl qöyilayotgan xato va kamçiliklarni bartaraf etiş va yanada yuqori körsatkiçlarga erişişni taʼminlaşga xizmat qiluvçi qator takliflar muhokama qilindi va 2025 yil uçun ustuvor yönalişlar belgilab olindi. 


Teglar:
×