Çegaradan qariyb 160 kg giyohvand moddani olib ötayotgan şaxs uşlandi

Çegaradan qariyb 160 kg giyohvand moddani olib ötayotgan şaxs uşlandi

Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi “Oybek” çegara bojxona posti xodimlari 156 kgga yaqin giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasini foş etdi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Qayd etilişiça, “Oybek” çegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro B.U. boşqaruvidagi uzum ortilgan DAF avtomobili bojxona körigidan ötkazilganda u mamlakat hududidan tranzit tarzida ötib, Rossiya Federatsiyasiga ketişi aniqlangan.

Yuk avtomobili tezkor tuzilmalarning maxsus kuzatuvi ostida, “Yangiyöl” bojxona postida örnatilgan tartibda közdan keçirilgan. Tirkamaning pol qismi oçib körilganida, bojxona xodimlarining közini şamğalat qiliş maqsadida polda yaşirin bölmalar hosil qilinib, ular orasiga esa yaşil rangli yelim idişlar poliuretan köpik kömagida ziçlab joylaştirilgani maʼlum bölgan.

Uddaburonlik bilan joylaştirilgan 141 dona yelim idişlarda, idişi bilan hisoblaganda jami 156 kgga yaqin giyohvandlik vositalari borligi foş bölgan.

Giyohvandlik vositalarining hidini xizmat itlari payqamasligi uçun idiş qopqoğiga maxsus smola - qatron kömagida işlov berilgan.

Tezkor tadbir davomida 149,76 kg “gaşiş”, 4,44 kg “opiy” va 1,52 kg  “geroin” giyohvandlik vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.

Xabarga köra, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat işi qözğatilgan.

×