«Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi lideri Alişer Qodirov Rossiya bilan viza orqali kiriş-çiqiş qiliş taşabbusini ilgari surmoqda. Bu haqda u özining imjtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozdi.
«Yaqin kelajakda kutilayotgan beqarorlik, relokantlarni jiddiy ortişi ehtimollari fonida nafaqat biz, butun Markaziy Osiyo mintaqasini Rossiya bilan viza orqali kiriş-çiqiş qiliş, iş izlab borayotganlarga talablar va nazoratni kuçaytiriş haqidagi rus siyosatçilarining taşabbuslarni (RF LDPR lideri Leonid Slutskiy «Migrantlar kodeksi»ni yaratiş taklifi bilan çiqqan, -tahr.) qöllab-quvvatlaşimiz kerak deb öylayman», – deydi u.
Qodirov, şuningdek, Rossiyada mehnat qilayotgan özbekistonlik muhojirlarning mamlakat tili, madaniyati va qonunlarini bilişi kerakligi haqidagi talablarga hurmatini bildirib, bu öz navbatida, Özbekistonda yaşaydigan barçaning ham özbek tili, madaniyati va mahalliy qadriyatlarni bilişi va hurmat qilişi kerakligini bildirişini taʼkidlaydi.
«Özbekistonda yaşaydigan hamma özbek tili, madaniyati va mahalliy qadriyatlarni bilişi va hurmat qilişi kerakligini biz ham şart deb hisoblaymiz va xorijga iş izlab borayotgan vatandoşlarimizni ham mahalliy til, madaniyat, qonunlar va qiladigan işini yaxşi bilişi zarurligini tan olamiz.
Bu bilan haqini himoya qila olmaydigan, mahalliy ayirmakaşlar tomonidan kamsitilişga rozi bölayotgan, eng yomoni, ixtiyoriy-majburiy, masʼuliyatsizlarça hayotini sotib yuborib Özbekiston uçun jiddiy ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy yuk yaratayotgan ayrim fuqarolarimizga ham yordam bergan bölamiz», – deydi deputat.









