Tesla kompaniyasi 30 ming dollardan arzon elektromobillarining yangi modellarini çiqarişi haqida xabarlar paydo böldi. 2025 yil boşida kompaniya bir neçta yangi modelini taqdim etişi kutilyapti.
Global ChinaEV portali yozişiça, Tesla kelgusi yilning birinçi yarmida Model Q turkumiga kiruvçi yangi elektromobilini taqdim etadi. Bu maşinaning kod nomi Redwood bölib, Model 3 ga nisbatan 15 foiz kiçik va 30 foiz yengil.
Manbalarga köra, bu elektromobillarga 53 va 75 kilovatt-soatli LFP akkumulyator batareyalari örnatiladi, bitta va ikkita dvigatelli talqinlari çiqariladi.
Ammo Ilon Maskning özi avvalroq Tesla arzon elektromobillar çiqariş rejasidan voz keçib, haydovçisiz boşqariladigan Cybercab va Cybervan modellari ustida işlaşini maʼlum qilgandi.









