Özbekistonda yangi hafta yomğirli bölişi kutilmoqda

Özbekistonda yangi hafta yomğirli bölişi kutilmoqda

Özgidromet hafta içi kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.


Uşbu hafta davomida Özbekistonda beqaror ob-havo bölişi kutilmoqda. Respublika hududida böyiça vaqti-vaqti bilan asosan yomğir körinişidagi yoğingarçilik böladi. Bu haqda Özgidromet xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, toğoldi va toğli hududlarda yoğingarçilik, 16-17 fevralda baʼzi joylarda kuçli yomğir va qor körinişidagi yoğingarçilik böladi.

14-16 fevralda respublikaning ayrim hududlarida şamol tezligi 15-20 m/s.gaça kuçayişi kutilmoqda. Baʼzi joylarga tuman tuşişi mumkin.

Uşbu haftaning harorat foni fevral oyining örtasi uçun bölgan iqlimiy meʼyorga yaqin böladi. Keçalari havo harorati 0...+5 daraja, kunduz kunlari asosan +6...+11 daraja atrofida böladi. Respublika şimolida haftaning birinçi yarmida keçalari -10...-5 daraja, kunduz kunlari 0...+5 daraja, ikkinçi yarmida esa keçalari -7...-2 daraja, kunduz kunlari +2...+7 daraja böladi.

Poytaxtda bugun kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi, 14-15 va 17 fevralda vaqti-vaqti bilan biroz yomğir yoğadi, 16 fevralda yomğir yoğadi. Havo harorati keçalari 0...+3 daraja, kunduz kunlari +7...+10 daraja atrofida böladi.

×