Eng yaxşi aql, bu ─ emin-erkin aqldir. Agar sizning miyangiz yangi ğoyalar, kontseptsiya va odamlardan tösilgan bölsa, öz zakovatingiz uçun hibsxona yasagan bölasiz, vassalom!
Sabrsizlik sizga taqdim etilgan imkoniyat va aloqalardan foydalanişga yöl qöymaydi. Qaçonki ongingiz «oçiq» bölsa, tasavvuringizni rivojlantirasiz va uni özingiz uçun işlata olasiz!
Hozir tasavvur qiliş qiyin: bundan yuz yillar muqaddam aka-uka Raytlarning havoga uçiş böyiça tajribalari ustidan kulgan odamlar bölgan. Şu bois ham Lindberg Atlantika ustidan uçib ötiş böyiça öz loyihasini qöllab-quvvatlovçi kişilarni uzoq vaqt axtarişiga töğri keldi.
Uzoqni közlaydigan kişilar oldindan «biz hali hademay oyga uçamiz», deganida juda ozçilik işongan. Bizning kunlarimizda aynan şu kabi hamma narsaga şubha bilan qarovçilar şarmanda bölişmoqda.
Yopiq, tösilgan tafakkur – şaxsning harakatsizlik belgisidir. Bunday inson tamaddunni çetlab ötadi va heç qaçon u taqdim etgan imtiyozlardan foydalanişi aslo mumkin emas.
Siz faqat bitta şart bilan emin-erkin ongni egallaşingiz mumkin, ana şunda muvaffaqiyat fonidagi asosiy qoidani töla-tökis anglab olasiz. Inson nimaga erişmoqçi bölsa, barçasiga özining «oçiq» ongi tufayli erişadi. «Oçiq» ong bilan qurollangan odam biznesda ajoyib natijalarga erişadi, sanoatda va boşqa har qanday sohada ham muvaffaqiyat qozonadi. Ongi «yopiq» odam esa, xuddi ovsarlardek «mumkin emas» deb qiçqirişda davom etaveradi.
Özingizga yaxşilab qiyo boqing va bu juda foydali. Siz «Men eplayman» yoki «Buni qilsa böladi» degan kişilar safida turasizmi yoki «Heç kim buni bajara olmaydi» deydigan toifaga moyilmisiz? Balki ayni damda bu işni allaqaçon amalga oşirayotgan kişilar bilan birgadirsiz?
Emin-erkin ong işonçni talab qiladi. U öziga va siz bilan yonma-yon yurgan kişilarga, bizga tamaddunni, butun koinotni ato etgan şaxsga işonadi.
Irim-sirimlarga işonadigan zamonlar ötdi. Ammo, afsuski, xato tuşunçalar soyasi hamon xuddi oldindagidek tundligiça kölanka solib turibdi. Siz ana şu qoronğilikda öz şaxsiyatingizni puxta örganib, yoruğlikka çiqişingiz mumkin. Xöş, aqlga muvofiq xulosalar çiqarib, mantiqqa asoslanyapsizmi yoki hissiyotlar va xato fikrlar asosiga tayanganmisiz? Boşqa odamlarning daʼvolarini diqqat bilan eşityapsizmi, şu haqda öylayapsizmi? Siz özi, birinçi navbatda, miş-miş hamda turli ovozlar bilan tanişmoqçimisiz yoki dalilar bilanmi?
Inson miyasi fikrlar bilan doimiy ravişda oziqlanib turmas ekan, uning zakovati çegaralanib, xiralaşib qoladi.
Uruş paytida miyani çalğitiş bilan maşğul bölgan kişilarni, umuman, inson irodasini uni gazeta, kitob, radio, televideniye va boşqa axborot vositalaridan mahrum etiş şaroiti bilan sindiriş mumkin. Bunday vaziyatda inson aqli uçun ozuqa ololmay, aziyat çekadi va faqat kuçli iroda hamda sidqidildan bölgan işonç uni qutqarişi mumkin.
Öylab köring, ehtimol, siz ham öz tafakkuringizni ijtimoiy va madaniy izolyatsiya doirasiga qöygandirsiz? Miyangizni çalğitib, muvaffaqiyatga eltuvçi ğoyalardan özingizni çetga olmaganmisiz işqilib?
Agar şunday bölsa, xato, yangliş fikrlar tösiğini yöqotiş kerak, aks holda ular aql-zakovatingizni çegaralab taşlaydi. Öz aqlingizni «oçing» va unga köproq erkinlik bering!
(Napoleon Xill kitobidan)









