Qozoğiston tört kunlik iş haftasiga ötdi

Qozoğiston tört kunlik iş haftasiga ötdi

1 iyuldan boşlab Qozoğistonda tört kunlik iş haftasi joriy etildi. Bu haqda respublika Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vazirligi maʼlum qildi.


Taʼkidlanişiça, beş kunlik va tört kunlik iş haftasi iş beruvçi va xodim örtasidagi kelişuvga binoan almaşib turadi.

 – 1 iyuldan boşlab joriy qilingan iş tartibi tomonlar kelişuviga köra amal qiladi, – deya özgarişga izoh berdi vazirlik vakili Şalkar Orazbekov. – Agar işlab çiqariş jarayoni imkon bersa, har qanday kompaniya uşbu tartibni yölga qöyişi mumkin. Bu qoidani majburiy qilib qöya olmaymiz.

 Qöşimça qilinişiça, Mehnat kodeksi tomonlar manfaati mutanosibligini taʼminlaydi. Davlat minimal kafolatni beradi. Qolgani jamoaviy mehnat munosabati doirasida hal etiladi.

 Tört kunlik rejim mehnat taʼtiliga, iş stajiga taʼsir qilmaydi, deya taxmin qilinmoqda.

 Yakşanba dam oliş kuni. Ikkinçi yoki uçinçi dam oliş kuni jamoa şartnomasi yoxud mehnat qoidalari bilan tartibga solinadi.

Teglar:
×