Andijon viloyatining Xonobod şahrida 29-31 iyul kunlari bölib ötgan “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada sanʼati festivaliga barça manbalar hisobidan jami 6 milliard söm mablağ sarflandi. Bu haqda viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, festival davomida Xonobod şahriga mahalliy va xorijiy taşrif buyuruvçilar soni 2,5 barobarga (2 mln nafar) ortgan. Tadbirkorlik subʼektlarida tuşum keskin ortgan. Jumladan, 2024 yilning 7 oyi davomida tuşum 48 milliard sömni taşkil qilib, (şundan 29-31 iyul kunlari 8,5 milliard sömga yetgan) ötgan yilning mos davrida nisbatan 2 barobarga ortgan.
Hokimlikka köra, bu körsatkiçlar Xonobod şahridagi tadbirkorlik subʼektlarining va axolinnig daromadi oşganligini körsatmoqda. Savdo va xizmat körsatiş faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar soni ötgan 2023 yilda 48 tani taşkil etgan bölsa, 2024 yildagi xalqaro tadbir davomida doimiy faoliyat olib boruvçi tadbirkorlik faoliyatlari soni 230 taga köpayib, qariyb 5 barobarga köpaygan. Mehmonlarga xizmat körsatuvçi dala hovli va uy mexmonxonalaridagi yotoq joylar soni 1900 tani taşkil qilgan bölsa, joriy yilda bu raqam 6 mingdan ortgan.
Şuningdek, aholi daromadlarini oşiriş, iş bilan taʼminlaş va kam daromadli fuqarollarning daromadini oşirişda “Sayxunobod”, “Uyçi” tajribasi asosida 600 dan ortiq xonodonlarda uy-mexmonxonalar taşkil etilgan.









