Özbekiston futbol assotsiatsiyasi qoşidagi tartib-intizom qömitasi Superliga klublari bilan boğliq bir qator masalalarni körib çiqdi. Unga köra, “Navbahor” va “Neftçi”ga qöyilgan legionerlarga boğliq transfer taqiqi olib taşlanmadi.
“Surxondaryo viloyati prokuraturasi talabi bilan “Surxon” klubi sobiq rahbarlari hamda viloyat hokimligi jami 43 nafar futbolçi, murabbiy va xodim bilan belgilangan tartibda aniqlangan qarzdorlikni şu yilning 16 iyul sanasiga qadar bartaraf etdi.
Şu asosda “Surxon” ÖFA Apellyatsiya qömitasiga apellyatsiya şikoyati kiritdi. 23 iyul kuni mazkur masala qömita tomonidan körib çiqildi. Unda 2023 yilning 6 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Surxon” futbol klubini yangi investorlarga sotiş, bunda klubning şu sanaga qadar bölgan qarzdorligi Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan qoplab berilişi belgilangani maʼlumot sifatida qayd etildi. Ötgan vaqt davomida viloyat hokimligi mavjud qarzdorlikning haqiqiy miqdoriga aniqlik kiritib, keyinçalik mazkur işni huquqni muhofaza qiluvçi organlarga oşirdi. Bularning barçasi maʼlum vaqt talab etdi. Şunga qaramay, Assotsiatsiya, Liga hamda Uyuşma FIFA nizomlari asosida sobiq futbolçi va murabbiylar huquqini himoya qilgani holda “Surxon” klubiga nisbatan qator sanktsiyalar qöllab keldi. Yaʼni, Surxondaryo viloyati prokuraturasining talabi ijrosi bajarilguniga qadar, mazkur masala öz aktualligini yöqotmadi. Natijada “Surxon” klubining yangi investorlari öziga tegişli bölmagan majburiyatlar sabab yangi futbolçilarni röyxatdan ötkaziş masalasida qator muammolarga duç keldi.
Yiğilişda iştirok etgan Liga vakillari “Surxon” klubi bilan 2023 yilgi mavsumdan boşlab özaro şartnomaviy majburiyatlar böyiça heç qanday muammo mavjud emasligini qayd etdi. Aksinça, bugunga kelib “Surxon” Assotsiatsiya hamda Liga tomonidan qöyilgan barça talabni öz vaqtida bajarib kelmoqda. Mazkur holatlarni inobatga olib, ÖFA Apellyatsiya qömitasi “Surxon” futbol klubiga nisbatan joriy yilning 2 iyul sanasida qöllanilgan barça sanktsiyalarni töxtatib turiş böyiça qaror qabul qildi. Yaʼni, “Surxon” yozgi transfer oynasida belgilangan limitdan çiqmagan holda har qanday yangi futbolçini Liga röyxatidan ötkazişi mumkin. Biroq Uyuşma himoyasi ostida qolayotgan 6 nafar sobiq futbolçi bilan boğliq masala yuzasidan tegişli organlar qayta huquqiy bahosini bersa, mazkur iş qayta oçiladi va u böyiça yakuniy xulosa çiqariladi.
Şuningdek, Apellyatsiya qömitasi “Neftçi” futbol klubining apellyatsiya şikoyatini ham körib çiqdi. Bunda “Neftçi” futbol klubi tomonidan ÖFA Futbolçilarning maqomi va ötişi böyiça qömitasining qarorlariga nisbatan bir neça bor bepisand munosabatda bölingani, klub tomonidan moliyaviy majburiyatlarning takroriy buzilişi qayd etildi. Şunga qaramay, “Neftçi” joriy 16 iyuliga qadar sobiq futbolçilari bilan hisob-kitob qilgani taʼkidlandi. Vaholanki, klub kafolatiga köra mazkur qarzdorlik aprel oyidayoq bartaraf etilişi lozim edi.
Qöşimçasiga, “Neftçi” şu yilning 28 iyun sanasiga qadar Liga oldidagi şartnomaviy majburiyatlarini töliq bajarib bölişi belgilangan bölsada, klub hozirga qadar mazkur majburiyatlarni mutlaqo bajarmasdan kelmoqda. Şunga qaramay, Liga “Neftçi” klubi ustidan ÖFA qömitalariga şikoyat kiritmagani maʼlumot uçun qayd etildi.
Barça masala körib çiqilgaç, apellyatsiya şikoyatini qanoatlantiriş rad etildi hamda avvalgi qaror öz kuçida qoldirildi. Endilikda “Neftçi” yozgi transfer oynasida belgilangan limit doirasida mahalliy futbolçilarni Liga röyxatidan ötkazişi mumkin. Xorijlik futbolçiga nisbatan taqiq esa öz kuçida qoladi.
“Navbahor” futbol klubi ÖFA Futbolçilarning maqomi va ötişi böyiça qömitaga şu yilning 2 iyul sanasidagi qarori yuzasidan qayta murajaat qildi. Qömita ikki iş kuni içida klubga rasman rad javobini taqdim etdi. Xatda “Navbahor” futbol klubining qömita qarorlariga nisbatan bir neça bor bepisand munosabatda bölgani, ularning ijrosini belgilangan muddatda bajarmaganidan kelib çiqib, xorijiy futbolçilarni yozgi transfer oynasida röyxatdan ötkazişga uzil-kesil taqiq qöyilgani tuşuntirildi.
“Neftçi” kabi “Navbahor” futbol klubi ham şu yilning 28 iyun sanasiga qadar Liga oldidagi barça moliyaviy majburiyatlarni töliq bajarişi lozim edi. Biroq klub mazkur masalada ham hozirgi kunga qadar mutlaqo harakatsiz hisoblanadi. Şunga qaramay, Liga ÖFA qömitalariga şikoyat arizasiga kiritmagan.
Endilikda “Navbahor” yozgi transfer oynasida belgilangan limit doirasida mahalliy futbolçilarni röyxatdan ötkazişi mumkin. Xorijiy futbolçi bilan şartnoma esa Liga röyxatidan ötkazilmaydi”, deyiladi ÖFA xabarida.









