Xabaringiz bor, joriy yilning 1 dekabr kuni Pro-liganing hal qiluvçi öyinida Farğona viloyatining ikki jamoasi – Yaypanning “Turon” va Farğonaning “Neftçi” jamoalari örtasida ötgan öyin oxirida muxlislar maydonga çiqib ketib, ommaviy tartibsizlik röy bergan edi. Keça, 5 dekabr kuni mazkur holat yuzasidan "Neftçi" FK qarorgohida yiğiliş bölib ötdi. Yiğilişga Farğona viloyati hokimi Hayrulla Bozorov raislik qildi. Bu haqda "Neftçi" FK matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinişiça, mazkur yiğilişda viloyat hokimidan taşqari, viloyat hokimining sport va turizm işlari böyiça maslahatçisi H.Ahmedov, Farğona şahar hokimi örinbosari F.Abdillazov, Farğona NQIZ direktori örinbosari B.Möminov,"Neftçi" FK boş direktori Z.Ğofurov hamda Farğona viloyat futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse prezidenti N.Otaqöziyev qatnaşişgan.

Yiğilişda taʼkidlanişiça, “Neftçi"-"Turon" bellaşuvida "Neftçi" jamoasi futbolçilarining öyinni boşqargan hakamlarga nisbatan qilgan qöpolliklari tufayli yuzaga kelgan tartibsizliklar natijasida futbolga xos bölmagan holat yuz bergan. Bundan taşqari, "Neftçi" jamoasi masʼul xodimlari klub futbolçilarini öyinga yetarliça jismonan va ruhan tayyorlaşda sustkaşlikka yöl qöygan. Tartibsizlik keltirib çiqargan futbolçilarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda tegişli çoralar körilgan.
"Andijon" FK bilan bölib ötadigan öyinga yetarliça tayyorgarlik köriş hamda ijobiy natija körsatiş böyiça "Neftçi" futbol klubi masʼullariga tegişli körsatma va topşiriqlar berib ötildi”, deyiladi xabarda.

Maʼlumotlarga köra, yiğilişda taşkiliy masala ham körib çiqilgan. "Neftçi" FK masʼul xodimlari futbolçilarini öyinga yetarliça jismonan va ruhan tayyorlaşda sustkaşlikka yöl qöyganligi uçun boş murabbiy Abdusamad Dörmonov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Eslatib ötamiz, Farğona viloyati IIB vaziyat nazoratga olinganini maʼlum qildi. Hozirda barça huquqbuzarlar uşlanib, tergovga kadar tekşiruv harakatlari olib borilmokda.
Sönggi maʼlumotlarga köra, Farğonada futbol öyinidagi töpolon böyiça jinoyat işi qözğatilgan.
Bundan taşqari, Özbekiston Professional futbol ligasi mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Manba: Qalampir.uz









