Özbekistonda erta nikohlaş va qarindoşlar örtasida nikoh tuziş taqiqlanmoqda

Özbekistonda erta nikohlaş va qarindoşlar örtasida nikoh tuziş taqiqlanmoqda

Özbekistonda 18 yoşga tölmagan yigit va qizlarni unaştiriş marosimlarini ötkaziş taqiqlanişi mumkin.

Bu borada Oila va xotin-qizlar qömitasi tomonidan tegişli qonun loyihasi işlab çiqilgan.

Mazkur hujjat loyihasi bilan Oila Kodeksining nikoh yoşi töğrisidagi 15-moddasi quyidagi qoidalar bilan özgartirilmoqda va töldirilmoqda:

  • Nikohga kiruvçilar arizasiga köra homiladorlik, bola tuğilişi, voyaga yetmagan şaxsning töla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilinganda (emansipatsiya) nikoh davlat röyxatidan ötkaziladigan joydagi tuman, şahar hokimi nikoh yoşini köpi bilan bir yilga kamaytirişi mumkin.
  • 18 yoşga tölmagan yigit va qizlarni unaştiriş marosimlarini ötkaziş taqiqlanadi.

Şuningdek, yon şajara böyiça yaqin qarindoşlar örtasida nikoh tuzişni taqiqlaş maqsadida Oila kodeksining 16-moddasi, yaʼni nikoh tuzişga monelik qiladigan holatlar qatoriga ikkinçi, uçinçi va törtinçi darajadagi qarindoş şaxslar (ota-onaning aka-uka va opa-singillarining farzandlari) örtasidagi nikohlar ham kiritilmoqda.

Kodeksning nikohlanuvçi şaxslarni tibbiy körikdan ötkazişga doir 17-moddasi esa «tibbiy körikdan ötiş tartibini buzgan şaxs qonunda belgilangan tartibda javobgar bölişi» haqidagi norma bilan töldirilyapti.

Qolaversa, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-3-moddasiga nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirişiş holatlarida belgilangan jarima miqdoridini kötariş taklif etilmoqda.

Unga köra, «nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirişiş, – BHMning ön baravaridan ön beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Ota-ona yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan nikoh yoşiga yetmagan şaxsni erga beriş yoxud uylantiriş esa BHMning ön beş baravaridan yigirma baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan şaxslar örtasida, şu jumladan nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan nikoh tuzişga doir diniy marosimni amalga oşiriş, – BHMning yigirma baravaridan öttiz baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Qonunda örnatilgan nikoh tuziş va rasmiylaştiriş bilan boğliq bölgan tartib va şartlarni buziş, – BHMning ön beş baravaridan öttiz baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi».



×