Qirğiziston prezidenti ertaga Özbekistonga keladi

Qirğiziston prezidenti ertaga Özbekistonga keladi

Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 18-19 iyul kunlari davlat taşrifi bilan Özbekistonda böladi.

Bu haqda Qirğiziston prezidenti Administratsiyasi taşqi siyosat bölimi mudiri Muratbek Azimbakiyev maʼlum qildi.

«Taşrif doirasida prezident Sadir Japarov Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama muzokaralar ötkazadi.

Tomonlar özaro manfaatli barça yönalişlar böyiça ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, şuningdek, Qirğiziston-Özbekiston munosabatlarini rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qiladi», – dedi Muratbek Azimbakiyev.

Taşrif doirasida, şuningdek, Sadir Japarov Qirğizistonning Özbekistondagi madaniyat kunlari rasmiy oçiliş marosimida iştirok etadi. Şu bilan birga, Qirğiziston va Özbekiston davlat rahbarlari iştirokida amalga oşirilayotgan ikki tomonlama loyihalarning oçiliş marosimi bölib ötadi.

Qolaversa, uşbu taşrif bilan boğliq Qirğiziston-Özbekiston biznes-forumi, Qirğiziston Respublikasi va Özbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi kabi qator tadbirlar ötkaziladi.


Teglar:
×