Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkentdagi yangi zargarlik korxonasiga taşrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum bölişiça, Çilonzor tumanida sobiq “FONON” ilmiy-işlab çiqariş korxonasi negizida “Gold Moon Tashkent” masʼuliyati çeklangan jamiyati öz faoliyatini boşlagan. U yerda zargarlik buyumlari işlab çiqariladi. Prezident uşbu korxona faoliyati bilan tanişdi. Maʼlumotlarga köra, uşbu loyihaning umumiy qiymati 21 million dollar. Korxonada yiliga 6 tonna zargarlik buyumlari işlab çiqariladi va mahsulotlarning 15 foizi Rossiya, Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiziston, Afğoniston va boşqa davlatlarga eksport qilinadi. Zargarlik xalqimizda azaldan bölgan, bugun ham bor. Bizning maqsadimiz – yoşlarni zamonaviy texnologiyalar va dizaynga örgatib, kamida 10 ming nafar yigit-qizni iş bilan taʼminlaş, Özbekiston milliy brendini jahon bozoriga çiqariş. Yurtimizda xomaşyo, qöli gul hunarmandlar bor. Bu soha milliy anʼanalarni tiklaş, özligimizni anglaş nuqtai nazaridan ham katta poydevor, – deydi Şavkat Mirziyoyev.
Mirziyoyev – yiliga 6 tonna zargarlik buyumlari işlab çiqariladigan korxonaga bordi









