Özbekistonda iyun oyida 71 foiz aholi 200 kVtgaça elektr energiyasi isteʼmol qilgan. Bu haqda Energetika vazirligi maʼlum qildi.
“Isteʼmolçilarning 71 foizi belgilangan limit doirasidan çiqmagan. Şu bois, yaqin istiqbolda isteʼmolçilarga qöllanilayotgan oylik 200 kVt·soatgaça bölgan bazaviy meʼyor miqdori oşirilişiga asos mavjud emas”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, 22 foiz isteʼmolçi 201 kVt·soatdan 1000 kVtgaça isteʼmol qilgan va 900 sömdan haq tölagan. Bunda elektr energiyasi isteʼmoli 201 kVt·soatdan 300 kVtgaça bölgan isteʼmolçilar salmoği 11 foizni taşkil etgan.
Taʼkidlaş joizki, 300 kVt·soatgaça elektr energiyasi isteʼmol qilganlar töliq 900 sömdan haq tölamaydi. Bunda 200 kVt·soatgaça 450 sömdan, qolgan 100 kVt·soatga 900 sömdan tölaydi.
Bildirilişiça, qolgan 7 foiz aholi 1001 – 10 000 kVt·soat elektr energiyasi isteʼmol qilib, 1 350 sömdan tölovlarni amalga oşirgan.
Respublika böyiça jami 1,1 mlrd kVt·soat elektr energiyasi isteʼmol qilingan.
Şundan isteʼmolçilarning 71 foizi 200 kVtgaça elektr energiyasi isteʼmol qilgan va ular jami isteʼmolning 40 foizini taşkil etadi. Yana 11 foiz isteʼmolçi 201 – 300 kVtgaça elektr energiyasi isteʼmol qilgan va ular jami isteʼmolning 19 foizini taşkil qiladi, 301 – 500 kVtgaça isteʼmolçilar jami isteʼmolning 20 foizini isteʼmol qilgan.
Bunda 500 kVt va undan köp elektr energiyani isteʼmol qiluvçilar atigi 3,7 foiz bölib, ular jami elektrning 21 foizini isteʼmol qilmoqda.









