Xizmat körsatgan fan arbobi, Özbekiston, Qoraqalpoğiston va Nyu-York akademiyasining haqiqiy aʼzosi, professor Şabat Xöjayeviç Xöjayev 98 yoşda vafot etdi.
Şabat Xöjayev 1924 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 1946 yilda Toşkent tibbiyot institutining davolaş fakultetini tamomlagan.
1946 yil noyabr oyida Sobiq Ittifoq Tibbiyot fanlari akademiyasining Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar institutiga aspiranturaga öqişga qabul qilindi (Moskva). Aspiranturani tamomlagaç, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, 1951 yilgaça şu institutda işladi.
1961 yilda Şabat Xöjayev Toşkent vraçlar malakasini oşiriş institutida yuqumli kasalliklar kafedrasi professori, 1962-1965 yillarda ilmiy-maʼrifiy işlar böyiça prorektor lavozimlarida işlagan, 1964 yildan esa bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasini taşkil etib, 40 yil davomida unga rahbarlik qilgan.
Şabat Xöjayev 1967 yilda Örta Osiyoda ilk bor 1-klinik yuqumli kasalliklar şifoxonasida virusologiya laboratoriyasini taşkil etdi va Özbekistonda birinçi marta gripp va boşqa ötkir respirator kasalliklar diagnostikasi uçun immunofluoressentsiya reaktsiyasini joriy qildi. Klinik immunologiyada olib borilgan işlarning katta bosqiçi natijasi ölaroq Moskvada naşr etilgan "Immunologiya böyiça qöllanma" (1973) monografiyasi böldi.
1979 yilda Şabat Xöjayev D.I.Ivanovskiy nomidagi Virusologiya institutining Özbekistondagi filialini tuzib, unga rahbarli qildi. ÖzR SSV Virusologiya institutiga asos solib, unga 2004 yilgaça rahbarlik qilgan.
Professor Şabat Xöjayev Virusli gepatit sohasida iş boşlagan holda Özbekiston aholisini gepatit virusiga qarşi ommaviy emlaş ğoyasini ilgari surib, bosqiçma-bosqiç amalga oşirdi. 1990-1991 yillarda Şabat Xöjayev rahbarligida Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida virusli gepatit B ga qarşi emlaş dasturi işlab çiqildi.









