95. Abu Saʼiddan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Rahm qilmaganga rahm qilinmaydi», dedilar”.
Şarh: Bu hadis yuqorida ham şarhlab ötildi. Albatta, uşbu hadisi şarifning bu bobda keltirilişidan maqsad, bolaga rahm qilişni taʼkidlaş uçundir. Demak, bolasiga rahm qilmagan ota-onaga Alloh taolo ham rahm qilmaydi.
96. Jarir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlarga rahm qilmaydigan kişiga Alloh rahm qilmaydi», dedilar”.
Şarh: Kim odamlarga rahm qilmasa, Alloh taolo ham unga rahm qilmaydi. Bu gap ota-onalarga ham, bolalarga ham taalluqlidir. Şuning uçun musulmonlar doimo bir-birlariga, xususan, oila aʼzolariga nihoyatda rahmdil bölişlari kerak.
Musulmon ota-ona va bolalar bir-birlariga rahm-şafqat körsatiş orqali Alloh taoloning rahmatiga sazovor böladilar. Agar iş teskarisiga aylanib qolsa, Alloh taoloning rahmatidan ayrilib qoladilar.
97. Jarir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim odamlarga rahm qilmasa, Alloh unga rahm qilmaydi», dedilar”.
Şarh: Bu hadisi şarif avvalgi hadisni biroz boşqaça şaklda takrorlab, taʼkidlab kelgan.
98. Oişa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
“Bir neçta aʼrobiy Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. Ulardan biri u zotga:
«Ey Allohning Rasuli! Sizlar yoş bolalarni öpasizlarmi? Allohga qasamki, biz ularni öpmaymiz», dedi.
Şunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh azza va jalla qalbingdan rahmatni suğurib olgan bölsa, men nima ham qila olardim» dedilar”.
Şarh: Bu hadisning maʼnosi ham avvalgilarini taʼkidlab kelgan.
99. Abu Usmondan rivoyat qilinadi:
«Umar roziyallohu anhu bir odamni lavozimga tayinladi. U:
“Mening falonça bolam bor, ulardan bittasini ham öpmaganman”, dedi. Şunda Umar:
“Alloh azza va jalla bandalaridan faqatgina yaxşilik qilgan odamga rahm qiladi”, dedi».
Şarh: Yaʼni hazrati Umar roziyallohu anhu özlari mansab bergan odamdan şu kamçilikni topgan ekanlar. Mazkur odamning öz bolasini öpmagani şaxsiy kamçilik sifatida baholangan ekan. Mömin-musulmon ota-onalar mazkur kamçilikdan yiroqda bölişlari matlubdir.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
"Odoblar hazinasi kitobidan"
Manba: Islom.uz









