Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kiçik yoşdagi bolani kamar bilan kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi.
Holat Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatuvga olingan.
Aniqlanişiça, joriy yilning 23 iyun kuni Samarqand viloyati Toyloq tumanida yaşovçi Ş.N. (1988 yil, erkak) özi bilan birga 2024 yildan şaʼriy nikohda bölgan T.D. ning 2017 yilda tuğilgan, farzandi E.O. ni (6 yaşar öğil bola) yaşaş xonadoni hovlisida qölida bölgan kamar bilan kaltaklagan.
Holat yuzasidan 24 iyun kuni tergovga qadar tekşiruv boşlandi. Voyaga yetmagan O.E.da tan jarohatlari aniqlanib, hozirda bolaga tibbiy yordam körsatilmoqda. Bu borada sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Şuningdek, Ş.N. Toyloq tumani tibbiyot birlaşmasi tibbiy körigidan ötkazilganda, uning ruhiyatida özgarişlar borligi aniqlanib, Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar şifoxonasiga yotqizildi va uning holati yuzasidan sud-psixiatrik ekspertiza tayinlandi.
Mazkur holat yuzasidan Toyloq tumani IIB huzuridagi TB tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib bormoqda.









